13-Mavzu.Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashdagi
me’yoriy hujjatlar
Hozirda axborot xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar mos standartlar va
spetsifikatsiyalami bilmasdan turib, deyarli hech qanday ishni uddalay olmaydilar.
Bunga sabab, birinchidan, standartlar va spetsifikatsiyalar - bilimlami, awalo
axborot xavsizligining muolajaviy va dasturiy-texnik darajalari xususidagi
bilimlami to‘plash usullaridan biri.
Unda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan, sinalgan, yuqori
sifatli yechimlar va metodologiyalar qaydlangan. Ikkinchidan, standartlar va
spetsifikatsiyalar apparat-dasturiy vositalar va ulaming komponentlarini o'zaro
mosligini ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Shu bilan birga
ushbu vosita
Interaet-uyushmada, haqiqatan ham, juda samarali ishlaydi.
Standart va spetsifikatsiyaning asosiy tushunchalari
Standart — hujjat bo'lib, unda ixtiyoriy ravishda ko‘p marta foydalanish
maqsadida
mahsulot xarakteristikalari, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish,
saqlash, tashish, realizatsiya
va utilizatsiya qilish, ishlami bajarish yoki xizmat
ko‘rsatish jarayonlarini amalga oshirish qoidalari va xarakteristikalari o‘matiladi.
Standart tarkibida terminologiyaga, simvolikaga, joylashga
yoki etiketkaga va uni
qayd qilishga talablar bo`lishi mumkin.
Standartlash - ixtiyoriy ko'p marta foydalanish maqsadida ishlab chiqarish va
mahsulotdan foydalanish sohasini tartibga solishga va
mahsulot, ishlar yoki
xizmatlar raqobatbardoshligiga erishishga yo‘naltirilgan qoidalar va
xarakteristikalami o‘rnatish bo‘yicha faoliyat.
Amaliy nuqtayi nazardan, axborot xavfsizligi sohasidagi standartlar va
spetsifikatsiyalar (xalqaro, milliy, sohaviy va h.) soni cheksiz. Axborot
xavfsizligining turli jihatlarini va axborot kommunikatsiya
tizimining turli xili va
konfiguratsiyasini qamrab olish, maqsadli auditoriyaning xilma-xil guruhlariga
foydali ma’lumotlami taqdim etish uchun ulami sathlarga ajratish mumkin.