GSS-API xavfsizlik interfeysi GSS-API xavfsizlik interfeysi mijoz - server arxitekturasida qurilgan dasturiy tizim
komponentlari orasidagi kommunikatsiyalarni himoyalashga mo`ljallangan. U
muloqotdagi sheriklami o'zaro autentifikatsiyalash uchun sharoit yaratadi,
jo‘natiluvchi xabarlar yaxlitligini nazoratlaydi va ulaming konfidensialligini
kafolatlaydi. Kommunikatsiya protokollari (odatda tatbiqiy sathdagi) yoki mustaqil
tarzda ma’lumotlami jo‘natuvchi boshqa dasturiy tizimlar GSS-API xavfsizlik
interfeysining foydalanuvchilari hisoblanadi.
IPSning texnik spetsifikatsiyalar mubolag‘asiz, fundamental ahamiyatga ega. Ular
tarmoq sathida konfldensiallikni va yaxlitlikni ta’minlovchi vositalaming to‘liq
naborini tavsiflaydi. Hozirda asosiy hisoblanuvchi IP protokolining 4-versiyasi
uchun ular fakultativ xarakterga ega; istiqbolli TP protokolining 6-versiyasida
ulaming amalga oshirilishi shart. IPsec asosida yuqoriroq sath (tatbiqiy sathga
qadar) protokollarning himoya mexanizmlari hamda xavfsizlikning tugal vositalari,
xususan virtual xususiy tarmoq quriladi. Ravshanki, IPsec jiddiy tarzda
kriptografik mexanizmlarga va kalit infrastrukturasiga tayanadi.
(Transport Layer Security, TLS) Transport sathi xavfsizligi vositalari (Transport Layer Security, TLS) ham xuddi
shunday xarakterlanadi. TLS spetsifikatsiyasi turli vazifali ko‘p sonli dasturiy
mahsuiotlarda ishlatiluvchi ommaviy Secure Socket Layer (SSL)) protokolini
rivojlantiradi va oydinlashtiradi.
Infrastruktura nuqtayi nazaridan, X500 “Direktoriya xizmati: konsepsiyalar,
modellar va servislar obzori (The directory: Overview of concepts, models and
services)” va X509 “Direktoriya xizmati: ochiq kalitlar va atributlar
sertifikatlarining karkaslari. The directory: Public-key and attribute certificate
frameworks)” tavsiyalari juda muhim. X509 tavsiyalarda ochiq kalitlar va
atributlar (ochiq kalitlar infrastrukturalarining bazaviy elementlari)
sertifikatlarining formati va imtiyozlami boshqarish tavsiflangan.