“Evropa mamlakatlarining uyg‘unlashgan mezonlari” “Evropa mamlakatlarining uyg‘unlashgan mezonlari”da axborot tizimi ishlashi
lozim bo‘lgan shartlarga apriori talablar mavjud emas. Faraz qilinadiki, avvalo
baholash maqsadi ta’riflanadi, so‘ngra sertifikatsiya organi ushbu maqsadga
qancha to‘liq erishishligini, ya’ni muayyan vaziyatda xavfsizlik arxitekturasi va
mexanizmlaming amalga oshirillshining qanchalik darajada korrektligini va
samaraliligini aniqlaydi. Baholash maqsadini ta’riflashni yengillashtirish uchun
standart tarkibida hukumat va tijoriy tizimlarga xos funksionallikning o‘n nafar
namunaviy sinfining tavsifi mavjud.
“Uyg‘unlashgan me’zon”larda axborot texnologiyalari tizimlari va
mahsulotlarining bir-biridan farqi ta'kidlanadi, ammo talablami unifikatsiyalash
uchun yagona tushuncha - baholanish obyekti kiritiladi.
Xavsizlik funksiyalari Xavsizlik funksiyalari (servislari) va ulami amalga oshiruvchi mexanizmlari
orasidagi farqni hamda kafolatlanganlikning ikkita jihatini - samaradorligini va
xavfsizlik vositalarining korrektligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ushbu yo‘nalishdan birinchi diqqatga sazovor chetlanish 1997-yili, xavfsizlikning
alohida servisi - tarmoqlararo ekranlar bo‘yicha amal qilinadigan hujjat qabul
qilinganida yuz berdi. Uning asosiy g‘oyasi - tarmoqlararo ekranlami ma’lumotlar
oqimini filtrlashni amalga oshiruvchi yetti sathli etalon modelining sathlari
bo‘yicha tasniflash. Ushbu g‘oya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi va
dolzarbligicha qoldi.
Texnik spetsifikatsiyalar ichida birinchi o‘ringa, so'zsiz, X800 “Ochiq tizimlaming
o‘zaro aloqalari uchun xavfsizlik arxitekturasi” hujjatini qo‘yish kerak. Unda
xavfsizlikning quyidagi muhim tarmoq servislari ajratilgan: autentifikatsiya,
foydalanishni boshqarish, ma’lumotlaming konfidensialligini va yoki yaxlitligini
ta’minlash hamda qilingan harakatdan voz kechishning mumkin emasligi.
Servislami amalga oshirish uchun quyidagi xavfsizlikning tarmoq mexanizmlari va
ulaming kombinatsiyalari ko‘zda tutilgan: shifrlash, elektron raqamli imzo,
foydalanishni boshqarish, ma’lumotlar yaxlitligining nazorati, autentifikatsiya,
trafikni to‘ldirish, marshrutlashni boshqarish, notarizatsiyalash.