Boshqaruvchi sinflar bir yoki bir necha foydalanish variantlariga kiritilgan ketma-
ket harakatlanishni modellashtirish uchun xizmat qiladi.
Agar sinflarning nomzodlar va boshqa resurslar soni ko‘p bo'lsa, ularni guruhlarga,
ya’ni paketga birlashtirish lozim. Obyektli yondashuvda sinflar va
boshqa dasturiy
resurslar ta’rifining majmui paketlar deb yuritiladi.
Paketlarga birlashtirish faqat soni ko‘p bo‘lgan sinflar, kata loyihalarni yaratishga
qulay bo‘lishi uchun foydalaniladi. Bunda bitta paketga
bir xil ahamiyatga ega
sinflar va boshqa resurslar to‘planadi.
Paketlar diagrammasi
Paketlar diagrammasi loyihalashtirilayotgan dasturiy tizim qanday qismlardan
tuzilgani, ushbu qismlar bir-biri bilan qanday bog‘langanligini ko‘rsatadi.
Agar bitta paketdagi o‘zgarish boshqasining o‘zgarishiga
olib kelsa, paketlar
o‘rtasidagi aloqa qayd etiladi. Bu, paketga birlashgan sinflar
va boshqa
resurslarning tashqi aloqalarini belgilab beradi. Ayni paytda sinflar bog‘liqligining
turli xillari bo‘lishi mumkin. Masalan:
• bir sinf obyektlari boshqa sin f obyektlariga xabar jo ‘natadi;
• bitta sin f obyekti boshqa obyektlar komponentlariga
murojaat qiladi;
• bitta sin f obyektlari usullar parametrlari boshqa sin f obyektlaridan
foydalaniladi;
• har bir paket paketning barcha resurslari bayonini saqlovchi interfeysni o‘z
ichiga
oladigan variant eng yaxshi texnologik tavsifligi bilan ajralib turadi. Bu holatda
paket resurslaridan foydalanishning o‘zgarishi boshqa paketlarga ta ’sir
ko‘rsatmaydi.
Faqat interfeysdagi o‘zgarishgina ushbu paket resurslaridan foydalanuvchi
paketlarni o‘zgartirishni talab qilishi mumkin va paketlarning o‘zaro harakati faqat
shu interfeys orqali amalga oshiriladi.
Dasturiy tizimning barcha paketlari bilan bog‘langan paketlar global deb yuritiladi.
Bunday paketlar interfeyslari alohida aniq loyihalashtirilishi lozim. Chunki,
ulardagi oczgarish ishlab chiqilayotgan barcha paketlarni tekshirishni talab qiladi.
Paketlar diagrammasida ko'rsatilgan belgilardan tashqari to‘ldirilgan belgilarni
ham qayd etish mumkin. Chunki, qoidaga ko‘ra, bir
necha paketlarning yagona
interfeysi mavjudligi taxmin qilinadi. Bunday holatda, paketdan paketga o‘xshash
super turga nisbatan aloqasi qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: