Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Mehnat intizomi 
Mehnat intizomi ikki yoqlama xususiyatga ega va xodim majburiyatlari bilan bir vaqtda ish 
beruvchining ham xodimga samarali ishlashi uchun zarur sharoit yaratish, uning mehnatiga 
haq to‘lashi lozimdir. Mehnat qonunchiligida mehnat intizomi, texnologiya intizomi, xizmat 
intizomi, moliya intizomi va boshqalar xaqida so‘z yuritiladi.
Mehnat intizomi haqidagi tartib qoidalar quyidagilarda mustahkamlangan: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 
2. Xo‘jalik faoliyatiga oid qonunlarda. 
3. Tarmoq (soxa) xo‘jalik faoliyatiga oid meyyoriy xujjatlarda. 


4. Korxonalarning ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari. 
5. Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari. 
6. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida. 
7. Boshqa shakllardagi meyyoriy xujjatlar.
Mehnat intizomini ta’minlash maqsadida boshqarishning iqtisodiy, tashkiliy-ruhiy, xuquqiy 
usullaridan keng qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 1999 yil 14 iyunda 746-son “Idoraviy 
bo‘ysunishi, mulkchilik shakli va xo‘jalik faoliyati yo‘nalishidan qat’iy nazar korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlar uchun ichki tartibning namunaviy qoidalari” mavjud bo‘lib, bu 
qoidalarda xodim va ish beruvchining asosiy majburiyatlari belgilangan. 
Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish 
beruvchining qonuniy farmoishlarini o‘z vaqtida aniq bajarishi, texnologiya intizomiga
mehnat muxofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga amal 
qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart. 
Xodimlarni rag‘batlantirish korxona ish beruvchisi tomonidan kasaba uyushmasi 
qo‘mitasi bilan kelishilgan xolda qo‘llanadi. Bir necha rag‘batlantirish choralari, shu 
jumladan moddiy (pul mukofotlari, qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlash) va ma’naviy 
(tashakkurnoma bildirish, maxsus unvonlar berish) rag‘batlantirish choralari bilan 
birgalikda qo‘llanishi mumkin
7
.
Xodimning rag‘batlantirish haqida korxona bo‘yicha buyruq chiqariladi, bu haqda mehnat 
jamoasiga e’lon qilinadi va bu to‘g‘risida xodimning mehnat daftarchasiga yozib qo‘yiladi. 
Xodim alohida mehnat muvaffaqiyatlari, davlat va jamiyat oldidagi ulkan yutuqlari uchun 
belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin