Mehnat shartlarining ish beruvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan xolat:
• Korxonadagi texnologik jarayonlaridagi o‘zgarishlar, yangi texnologiyalar joriy
etilgan hollarda;
• Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar,
korxona tarkibiy
tuzilishidagi, boshqaruv sxemalaridagi o‘zgarishlar;
• Ishlar (xizmatlar) xajmi qisqarishi yuz berganda.
Yuqoridagi holatlar yuzaga kelgan taqdirda ish beruvchi xodimni mehnat shartlarining
kutilayotgan o‘zgarishi haqida kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, tilxat olishi
shart. Xodim yangi, o‘zgargan mehnat shartlarida ishlashni
davom ettirishni istamasa, u
holda bu xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin va xodimga kamida bir
oylik o‘rtacha ish haqi miqdorida ishdan bo‘shash nafaqasi beriladi.
Agar korxonada ish xajmi, xodimlar shtati qisqarishi, xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi
yoki salomatligi yomonlashganligi tufayli egallab turgan lavozimiga noloyiq bo‘lib qolishi,
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanishi kabi ob’ektiv holatlar tufayli
xodim ish beruvchi tomonidan taklif etilgan boshqa doimiy ishga o‘tib
ishlashdan bosh
tortsa, u holda ish beruvchi bunday xodimni umumiy asoslarda ishdan bo‘shatishga haqli
6
.
Dostları ilə paylaş: