Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzish. Xodimlar va ish beruvchilar
manfaatlarini muvofikdashtirishga qaratilgan jamoa shartnomalarini ishlab chiqish hamda
tuzish tartibi, qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida aniq belgilab
qo‘yilgan. Bu tartib va qoidalar Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1957 yilda qabul qilingan
91-son “Jamoa shartnomalari to‘g‘risida”gi tavsiyalari hamda 1981 yilda qabul qilingan
154-son “Jamoa munozaralariga yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Konvensiyasida1 belgilab
qo‘yilgan xalqaro me’yorlarga to‘la mos keladi. Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va
tuzishni shartli ravishda to‘rt izchil bosqichga bo‘lish mumkin.
1.Jamoa shartnomasi amal qilishi sohasini belgilash hamda shartnoma taraflarini teng
huquqli sheriklar sifatida birgalikda e’tirof etish. Jamoa shartnomasi amal qilish
sohasini boshlang‘ich bosqichda belgilashda xodimlar manfaatlari mushtarakligi,
taraflarning
o‘zaro xohishi, shuningdek, jamoa shartnomasiga oid munozaralar jarayonida hal etilishi
kerak bo‘lgan aniq masalalar mohiyati e’tiborga olinadi.
Shartnoma taraflarini birgaliqda e’tirof etishda korxonalarda mazkur jamoa xodimlari
manfaatini ifoda etishga da’vogarlar bir nechta bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shartnomasi taraflari aniq belgilab
qo‘yilgan: bu xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa
vakillik organlari, bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillardir.
Dostları ilə paylaş: