- ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqti-smena muddati, ishning boshlanish va
tugash vaqti,
sutka davomida smenalar soni, ish kunlari
bilan ishlamaydigan kunlarning navbat bilan almashishi, xodimlarning smenadan smenaga
o‘tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari yoki
ish beruvchi bilan xodim
kelishuviga binoan belgilanadi;
- xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi;
- ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanilishi mumkin;
- ish vaqtining tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi
kundalik
dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak;
- dam olish va bayram kunlarida ishlatish taqiqlanadi.
Ish beruvchiga farmoyish bo‘yicha ayrim xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishga jalb
etishga alohida hollardagina, jamoat shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi
tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan
kelishib belgilangan asos va tartiblar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Barcha xodimlar ga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. Yillik
asosiy ta’til 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak. Ayrim toifadagi xodimlarga (18
yoshgato‘lmaganlar, ishlayotgan I va II guruh nogironlariga) uzaytirilgan (30 kalendar’ kun)
asosiy ta’tillar beriladi. Mehnat shartnomalarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar
berilishi
ko‘zda tutilishi mumkin.
Xodimlar ijtimoiy (homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarishlash, o‘qish bilan bog‘liq,
ijodiy) ta’tillar olish huquqiga ham egalar.
Dostları ilə paylaş: