Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, 
ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni 
tartibga soluvchi normativ hujjatdir. 
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartnomalari, 
ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga 
oluvchi normativ hujjatdir. 
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid 
munosabatlarini shartnoma asosida tartibga 
solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish 
maqsadida tuziladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shartnomalari va kelishuvlari 
tuzishning asosiy tamoyillari ham belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iboratdir: 
- qonun hujjatlari me’yorlariga amal qilish; 
- taraflar vakillarining vakolatliligi; 
- taraflarning teng huquqliligi; 
- jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va 
muhokama qilish erkinligi; 
- majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi; 
- olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash; 
- tekshirib borishning muntazamliligi; 
- javobgarlikning muqarrarligi. 
Jamoashartnomasining uchta eng muhim funktsiyasi farklanadi: 
1. Mehnat munosabatlari har ikki taraf manfaatlarini himoya qilishi. Ya’ni jamoa 
shartnomasi mehnat munosabatlarining zaifroq sub’ekti hisoblangan xodimni o‘z iqtisodiy 
holati ustuvor bo‘lgan ish beruvchining bu ustunligini qo‘llashdan himoya qiladi. Ikkinchi 
tomondan esa, u ish beruvchilarni xodimning ishlab chiqarish jarayonlarini buzib, iqtisodiy 
zarar etkazishi mumkin bo‘lgan asossiz talablaridan himoya qiladi. Shu tariqa jamoa 
shartnomasi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 
2. Mehnat munosabatlarini tartibga solish. Jamoa shartnomasining bu tashkiliy 
funktsiyasi ham har ikki tomonning va umuman jamiyatning jamoa-shartnoma 
munosabatlaridan manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan. Shartnomada belgilab 
qo‘yilgan mehnat munosabatlari (mehnatga haqto‘lash miqdori va shartlari, ta’tillarning 
davomiyligi, qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar) ish beruvchiga ishlab chiqarish xarajatlari va 
olinadigan foydani oldindan rejalab qo‘yish imkonini beradi. Xodimlar uchun esa bu 


ularning manfaatlarini qondirishning muayyan kafolatlari hisoblanadi. Ana shunday tartibga 
solish o‘zaro bitimga kelishish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, umuman 
olganda jamiyat manfaatlariga ham xizmat qiladi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin