24.
Oxirgi chuqurlik —bu qiya va tik joylashgan uyumlarni qazib olishda,
karyerning ishlab chiqarish quvvati, uning maydondagi о‘lchamlari,
qazib
olinadigan kon massasi jami hajmi aniqlanadi. Gorizontal va og‘ma uyumlar
uchun oxirgi chuqurlik tabiiy shart-sharoitlar bilan aniqlanadi va karyerni
butunligicha qazib olish davrida ozgina о‘zgaradi.
Oxirgi chuqurlik karyerni
loyixalashtirish vaqtida о‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda jahonda karyerlarning
chuqurliklari 400 metrlarni tashkil etadi. Loyixalarda 700 metrgacha
chuqurlikda ochiq kon ishlarini olib borish mо‘ljallanmoqda.
25. Yer yuzasida uyumning chо‘zilishi va kо‘ndalang yо‘nalishi bо‘yicha
karyerning kо‘rsatkichlari, uyumning о‘lchamlari ya’ni
karyerning tubi,
chuqurligi va uning borti qiyalik burchagi о‘lchamlari bilan aniqlanadi. Ular
chizma tasvir holida yoki analitik о‘rnatiladi. Plandagi karyerning shakli
kо‘pincha ovalsimon shaklga ega bо‘ladi. Karyerning uzunligi 100 metrdan 8
km.gacha masofaga, kengligi esa konning tuzilishiga qarab 4 km.gacha
uzunlikda о‘zgarib turadi.
26.
Karyer osti о‘lchamlari, karyerning oxirgi
chuqurlik belgisida qazib
olinayotgan uyum qismi bilan chegaralanadi. Karyerning ostki minimal
о‘lchamlari pastki pog‘onada olib borilayotgan jinslarni xavfsiz qazib olish va
yuklash shart-sharoitlari bilan aniqlanadi (kengligi buyicha kamida 20 metr,
uzunligi buyicha 50 metrdan kam bо‘lmasligi kerak).
27.
Karyer bortining qiyalik burchagi bort yonbag‘iri massivi jinslari
mustahkamligi va transport kommunikatsiyalarining joylashtirilishi shart-
sharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog‘ jinslarini qazib olishni kamaytirish
maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikroqqilib olinadi.
28.
Karyer chegarasidagi butun kon massasi hajmi, korxonaning ishlab chiqarish
quvvatini, uning qazib olinish muddatini va boshqa bir qancha kо‘rsatkichlarni
belgilovchi zarur kо‘rsatgich hisoblanadi.
29. Yer yuzasi relyefi tekis bо‘lganda karyer maydonidagi
butun kon massasi
hajmini (m
3
) quyidagi formula yordamida aniqhisoblash mumkin:
30.
31.
Foydali qazimalarni karyer chegarasidagi zaxiralari —qazib olish mumkin
bо‘lgan chegarani, karyerning qazib olish muddatini va qazish ishlari iqtisodiy
natijalarini aniqlovchi asosiy kо‘rsatkich hisoblanadi. Har bir pog‘ona
(gorizont) va karyer maydoni
chegarasidagi zaxiralar, konni geologik qidirish
vaqtida о‘rnatiladi. Undan sо‘ng loyixalashtirish vaqtida va ekspluatatsiya
davrida, vaqti-vaqti bilan о‘zgarib turadigan foydali
qazilma konditsiyasi
(meyori) hisobga olinib karyer chegarasi aniqlanadi va qayta hisoblanadi.
ср
к
к
к
ctg
S
V
2
2
1
ср
к
ctg
2
3
3