yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi.
Burg‘ulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burg‘ulash
stanoklari yordamida amalga oshiriladi.Skvajina diametri 160-450 mm, chuqurligi
20-60 m, skvajinadagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha bо‘ladi.
Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir kovshli va kо‘p
kovshli
ekskavatorlar qо‘llaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yо‘l transporti,
avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi.
Bundan
tashqari ochiq usulda qazib olishda buldozerlar, g‘ildirakli
skreperlar, о‘zi yurar
yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qо‘llaniladi.
Kam hollarda gidromexanik usul bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: