Ma’ruza foydali qazilmalarni qazib olish usullari. Ochiq usulda qazib olish nazariyasi. Reja



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix25.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Ma\'ruza

b) murakkab shaklli uyumlar
v) tektonik buzilgan qatlamlar tizimi (z,i,k,l,m).


 
 
4.1. - rasm. Konlarning joylashish sharoitlari 
2. Uyumlarning yer ustiga nisbatan joylashishiga karb konlar quyidagilarga 
ajratiladi: 
a) yer yuzasiga yaqin joylashgan yoki kichik qalinlikdagi nanoslar bilan 
qoplangan ustki turdagi konlar (a); 
b) yer yuzasiga nisbatan pastda joylashgan chuqur turdagi konlar 
(b,v,g,d,e,j,z,k,m); 
v) yer yuzasiga nisbatan balandda joylashgan ya`ni, tog’ yonbag’rida yoki 
tepalikda joylashgan tog’li turdagi konlar; 
g) qisman tog’da yoki tog’ yonbag’rida va chuqurlikda birga joylashgan 
baland-chuqur turdagi konlar (i,l). 
3. Gorizontga nisbatan qiyalik burchagi bo’yicha foydali qazilmalar 
uyumining quyidagi turlari mavjud (4.1-rasm): 
a) gorizontal yoki 10-15 gacha qiyalik burchagiga ega bo’lgan nishab 
(a,b,v,g,d); 


Bunday sharoitlarda ruda tanasining yon tomonidan qazib olish tavsiya
etilmaydi va imkoni boricha qoplovchi jinslarni qazib olingan maydonga 
joylashtirish kerak. 
b) qiyalik burchagi 10-15 dan 25-30 gacha bo’lgan qiyaliklar (4.1-rasm j); 
Bunday sharoitlarda qoplama jinslarni qazib olingan maydonga 
joylashtirishga yo’l qo’ymaydi, biroq jinslarni ruda yon tomonidan yetkazib berish 
talab etilmaydi; 
v) qiyalik burchagi 25-30 dan yuqori bo’lgan tik (e,z,i,m). 
4. 
Uyumlarning sifat taqsimoti va tuzilish strukturasi Bo’yicha 
kuyidagilarga bulinadi: 
a) bir komponentli – bir tuzilishli va sifat ko’rsatkichlari bir xilda 
taqsimlangan oddiy uyumlar; 
b) uyumlarning planda va chuqurlikda joylashishi bo’yicha tur va navlari bir 
xilda taksimlanmagan ko’p komponentli va ko’p navli murakkab strukturali 
uyumlarga. 
5. 
Konning ustunlik qiluvchi turlari bo’yicha tog jinslari quyidagilar 
bilan ifodalanadi: 
a) skal tog jinslari va qattik rudalar bilan; 
b) qattiq ruda va skal jinslar bilan; 
v) yumshoq va zich qoplovchi tog jinslari bilan; 
g) yarim skal qoplovchi tog’ jinslari va foydali qazilmalar bilan
d) yumshoq qoplovchi tog jinslari va yumshoq yoki zich foydali qazilmalar 
bilan. 
Tog jinslarining turi asosan texnologik sxema va qazuvchi hamda transport 
vositalarining asosiy modelini tanlashni belgilaydi. 
Yumshoq tog’ jinslarini qazib olishda quvvatli rotor ekskavatorlar va 
konveyer transportini qo’llash mumkin. Qoyali tog’ jinslarini qazib olishda 
burg’ulash portlatish ishlari qo’llaniladi, asosan bir cho’michli ekskavator va temir 
yul hamda avtomobil transportlarini qo’llash mumkin.
Foydali qazilma boyliklariga xo’jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar 
uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so’ng 
ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalarni ochiq usul 
bilan qazib olishda qoplovchi va o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari ham qazib olinadi. 
Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari birgalikda 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin