maboynida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga bo‘lish orqali topiladi.
Jadvalning keyingi ustuni ajralish nuqtasidan keyingi tannarx har bir mahsulotga
alohida identifikatsiyalangan, chunki ularning hisob-kitobi
har bir alohida
mahsulot uchun yuritiladi. Ularni taqsimlashga zaruriyat yo‘q.
Identifikatsiyalash bilan taqsimlash o‘rtasidagi farq qo‘shma mahsulot
tannarxiga doir qarorlarini qabul qiluvchi menedjerlar uchun ahamiyat kasb etadi.
Misol uchun qo‘shma mahsulotlardan birining bozor qiymati sezilarli darajada
kamaysa bu uni ishlab chiqarishni to‘xtatish taqoza qiladi va bu holat ko‘proq
agarda bozor qiymati ajralish nuqtasidan keyingi xarajatlarni qoplay olmasa.
Alohida mahsulotlarning to‘liq tannarxi bu unga taqsimlangan qo‘shma
tannarx va ajralish nuqtasidan keyin amalga oshirilgan tannarx yig‘indisidan
iborat. Bizning misolimizda uchta mahsulot qo‘shma
tannarx va ajralish
nuqtasidan keyingi tannarxlardan tashkil topgan. Faqat, XZ-880 mahsulot ajralish
nuqtasidan keyin sotishga tayyor holga keltirilgan, ya’ni unga qo‘shimcha
ishlov
berish zaruriyati yo‘q.
1-
jadvalda keltirilgan mahsulotlarning narxlarini 2-jadvalda hisoblab
chiqilgan tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, ayrim
holatlarni qayd qilish mumkin. Z-800 mahsulot birligining tannarxi 10.25 p.b.
bo‘lgan holda sotish narxi undan past bo‘lib 10.00 p.b.ni tashkil etmoqda.
Bozor
esa uni yuqori narxda sotishga imkon bermaydi. Natijada kompaniya ushbu
mahsulotni tannarxidan past narxga (farqi 0.25 p.b.) sotishga majbur bo‘ladi. Agar
tahlil jarayoniga mahsulotni sotish, distributsiya va ma’muriy
xarajatlarni ham
qo‘shadigan bo‘lsak u holda zarar summasi yana oshadi. Z-900 mahsulotga yalpi
marjin 1 barrel ga 1 p.b.ni tashkil etmoqda (15 p.b.sotish narxi – 14 p.b. mahsulot
tannarxi). Bu ham juda past. Lekin XZ-880 XZ -990 mahsulotlarda yalpi marjin
yuqori bo‘lib mos ravishda 16 p.b. va 26 p.b.ga yetgan.
Buning sababi natural
birliklar metodida kichik narxga ega bo‘lgan mahsulotlar kichik hajmga va
ko‘proq miqdorga ega bo‘lishi natijasida negativ yalpi marjinga ega bo‘lishi
mumkin. Yuqori narxga ega bo‘lgan mahsulotlar esa yuqori marjin ko‘rsatkichiga
ega bo‘lmoqda. Shu bois, natural birliklar metodini mahsulotlar narxi o‘rtasida
katta farq bo‘lmagan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: