Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni (Joint production process) bu bir ishlab
chiqarish jarayonida ikkita va undan ortiq mahsulot ishlab chiqarilgan hollarda
yuzaga keladi.
Qo‘shma mahsulot (Joint product) deganda esa qo‘shma ishlab chiqarish
jarayonidan olinadigan mahsulotlarga aytiladi. Ayrim adabiyotlarda qo‘shma
mahsulot va asosiy mahsulotni bir-biridan farqlashadi. Qo‘shma ishlab chiqarish
natijasida bir nechta mahsulot yuqori sotish qiymatiga ega bo‘lsa bu qo‘shma
mahsulot deb ataladi. Agar qo‘shma mahsulotlarning ichida bittasi boshqalariga
nisbatan yuqori sotish qiymatiga ega bo‘lsa bu asosiy mahsulot deb ataladi.
Demak, asosiy mahsulot qo‘shma mahsulotning eng asosiysi ekan.
Ikkilamchi mahsulot (By product) asosiy mahsulot bilan birgalikda ishlab
chiqariladigan va texnologik jarajayonning ma’lum nuqtasida qo‘shma
mahsulotdan ajraladigan hamda sotish narxi nisbatan kichik bo‘lgan mahsulotga
aytiladi.
Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlariga:
kimyo sanoati, neftni qayta ishlash, tog‘, sut-un, moy-yog‘ ishlab chiqarish
sanoati korxonalarini kiritish mumkin.
Masalan, sut mahsulotini bitta texnologik jarayonda qayta ishlash natijasida
bir qancha mahsulotlar, jumladan sut, qatiq, qaymoq, pishloq, chakka, ayron, qurt
va boshqa mahsulotlarni birin-ketin olish mumkin.
Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni natijasida to‘rtta qo‘shma mahsulot va
ikkita ikkilamchi mahsulot to‘rtta jarayon markazlarida olinishi diagramma
oqimida ko‘rsatilgan. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, barcha mahsulotlar ikkita
ishlab chiqarish jarayonidan, aralashtirish va pishirish jarayonidan o‘tayapdi.
Ushbu ikkita jarayonda to‘plangan barcha xarajatlar esa oltita mahsulotga ham oid
bo‘ladi. Bu ikki jarayonning oxirigacha, ya’ni mahsulotlar ajralgunga qadar
amalga oshirilgan xarajatlar qo‘shma tannarx (joint cost) deb ataladi. Jarayon
tugashi bilan mahsulotlar ajralib alohida indentifikatsiyalanadigan,
ya’ni
texnologik ishlov berish jarayonida mahsulot biri ikkinchisidan jismoniy ajralib
kelgusida ularning mahsulot tannarxini alohida hisoblash mumkin bo‘lgan
nuqtasiga ajralish nuqtasi (split-off point) deb ataladi. Ajralish nuqtasidan keyin
ayrim mahsulotlar boshqa qayta ishlash zaruriyati bo‘lmasdan sotish uchun tayyor
holatga kelishi mumkin. Bunga chizmada A mahsulotni misol qilib olish mumkin,
qaysiki u pishirish jarayonidan keyin sotishga tayyor holatga keltirilgan. Boshqa
mahsulotlarda esa ajralish nuqtasidan keyin ularni sotish uchun tayyor holatga
keltirish uchun yana qo‘shimcha ishlov berishga zaruriyati bo‘ladi va bunday
hollarda ishlab chiqarish yana boshqa jarayonlarda davom etadi. Chizmada
mahsulot dasttaval qorishtirish jarayonini o‘tab so‘ngra pishirish jarayoniga
o‘tkazilgan. Undan ajralish nuqtasida V, S va D mahsulotlar alohida ajralib ularga
ishlov berish uchun boshqa-boshqa jarayonlarga o‘tkazilgan. Ajralish nuqtasidan
keyin alohida olingan mahsulotlarga qayta ishlash uchun amalga oshirilgan
xarajatlar bo‘lingan xarajatlar deb ataladi.
Chizmadagi Yopish jarayoniga o‘tkazilgan mahsulot qayta ishlanadi, ya’ni
yana material,
mehnat va ustama xarajatlar amalga oshiriladi (bu bo‘lingan xarajatlarni
tashkil etadi) va bu jarayon yakunlangandan so‘ng mahsulot upakovka jarayoniga
o‘tkazilgan va unda ishlovlar amalga oshirilib V mahsulot olingan, qaysiki u
sotish uchun tayyor holatga keltirilgan.
Ajralish nuqtasidan keyin mahsulotning bir qismi boshqa qorishtirish
jarayoniga o‘tkazilgan (oldingi qorishtirish jarayonidan farq qiladi). Mahsulot
ushbu jarayonda ishlov olgandan so‘ng muvofiqlashtirish jarayoniga o‘tkazilgan.
Undan C tayyor mahsulot hamda Z ikkilamchi mahsulot olingan.
Mahsulotning yana bir qismi ajralish nuqtasidan keyin to‘yintirish jarayoniga
o‘tkazilgan. Bu jarayondan D tayyor mahsulot va unga nisbatan kichik qiymatga
ega bo‘lgan Y ikkilamchi mahsulot olingan.
Ishlab chiqaradigan qo‘shma mahsulot korxonaning tijorat faoliyatida
asosiy rolni
o‘ynaydi. Ikkilamchi mahsulot esa asosiy mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonida yuzaga keladi. Ikkilamchi mahsulotni aniqlash bo‘yicha asosiy mezon
bo‘lib uning narxini asosiy mahsulot narxiga taqqoslash asosida aniqlangan
natijalar hisoblanadi.
Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotning odatdagi ishlab chiqarishdan farqli
tarafi shundan iboratki, birinchisini ikkinchisidan ishlab chiqarishning ma’lum bir
nuqtasiga kelgunga qadar identifikatsiya qilish mumkin emas. Shu bois, ushbu
ajralish nuqtasiga yetgunga qadar xarajatlarni alohida mahsulot turlariga olib
borish imkoni bo‘lmaydi. Ajralish nuqtasiga yetgundan keyin alohida mahsulotlar
realizatsiya qilinishi yoki kelgusi qayta ishlashgajo‘natilishi mumkin.
Ikkilamchi mahsulotlarni chiqindi materiallardan farq qilish kerak bo‘ladi.
Qo‘shma mahsulotlar buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri har
bir mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini baholash va unga oid bo‘lgan
axborotlarni ichki va tashqi foydalanuvchilarga taqdim etish bo‘lib hisoblanadi.
Jami mahsulot tannarxi, qo‘shma mahsulot tannarxiga oid axborotlar moliyaviy
hisobotlarda foydalaniladi va soliq hamda boshqa davlat idoralariga taqdim etiladi
hamda boshqaruv tannarx hisobotlarida foydalanadi.
Qo‘shma mahsulot tannarxini baholashdagi muhim masalalardan biri bu
qo‘shma tannarxning alohida mahsulotlarga onson identifikatsiyalanmasligidir.
Qo‘shma tannarx qo‘shma mahsulotlarga taqsimlash tannarx hisoboti standartlari
talablariga muvofiq holda, ya’ni muvofiqlik tamoyiliga rioya qilingan holda
amalga oshiriladi.
Qo‘shma mahsulotlar tannarxini hisobga olishda ikkita bosqichda amalga
oshirish talab
etiladi:
1.
Ajralish nuqtasidan keyin har bir qo‘shma mahsulot uchun mahsulot
tannarxini
aniqlash (baholash);
2.
Qo‘shma tannarxni qo‘shma mahsulotlarga taqsimlash.
Birinchi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar alohida uslubiyotni talab
etmaydi. Ajaralish nuqtasidan keyin har bir mahsulotga sarflangan material,
mehnat va ustama xarajatlar hisob kitobi yuqoridagi mavzularda bayon etilgan
tartibda amalga oshiriladi. Shu bois, ushbu mavzuda ikkinchi bosqichda amalga
oshiriladigan ishlar mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz.
Qo‘shma mahsulot tannarxi illyustratsiyasini Farington Industrial Products
misolida ko‘rib o‘tamiz. Mahsulotlarning bir guruhi qo‘shma ishlab chiqarish
jarayonidan o‘tadi, qaysiki unda mahsulotlarga yuqori uglerod bosimida ishlov
berilib po‘lat quyiladi. Ishlab chiqarishda to‘rtta mahsulot olinadi, qaysiki ular
korroziyaga bardoshli va uzoq muddatga chidamli hisoblanadi. Biroq har bir
alohida mahsulot maxsus talablarga javob berishi talab etiladi. Bunday talablarga
jumladan yuqori va past namlik, tempraturaning keskin o‘zgarishi, yuqori
korroziyali muhit va boshqa omillarni kiritish mumkin.
Mahsulotlar miqdori va tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi 1-jadvalda
keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: |