Tarbiya jarayoni mazmuni va mohiyati


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)



Yüklə 428,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.06.2023
ölçüsü428,58 Kb.
#135139
1   2   3   4
tarbiya-jarayoni-mazmuni-va-mohiyati

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 853
borliqqa nisbatan qarashlarimiz paydo bo`layotgan g`oyalarimiz negizida ham aynan 
shu tarbiya tamoyillari yotadi.
Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. 
Pedagogikada tarbiya ikki ma`noda farqlanadi: keng ma`nodagi tarbiya va tor 
ma`nodagi tarbiya. 
Keng ma`noda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta`sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida 
qaraladi. Ya`ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va jamiyatning ta`siri 
natijasida shaxsni rivojlantirishga yo`naltirilgan tarbiya. 
Tor ma`nodagi tarbiya- pedagogik jarayon sharoitida ta`lim maqsadini amalga 
oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati
hisoblanadi. Bunda, tarbiya ma`lum bir ta`limni o`rganish maqsadida tashkil etiladi va 
pedagog va o`quvchining faoliyat jarayoni tushuniladi.
Bundan bilinadiki, jamiyat uchun komil, ilmli, yetuk, barkamol insonni 
shakllantirishdan iboratdir tarbiyaning maqsadi. Shaxsni kamol toptirishdagi asosiy 
tushuncha ham bu tarbiyadir. 
Shaxsni jamiyat talabidan kelib chiqib shakllantirishni tarbiya desak, tarbiya ham 
sohasiga ko`ra turlarga bo`linadi. Aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya. 
Ta`lim muassasasidagi yo`nalishlarga asosan ekologik, iqtisodiy, huquqiy, fuqarolik, 
siyosiy, axloqiy tarbiyaga bo`linadi. 
Tarbiyaning umumiy vazifalari: 
jamiyat a`zolarining maqsadga yo`naltirilgan rivojlanish hamda ularning qator 
ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; 
jamiyat rivoji uchun zarur bo`lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi 
’’inson kapitalini’’ tayyorlash; 
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta`minlash; 
ma`lum jins yoshi va ijtimoiy kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan 
holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a`zolarining harakatini tartibga solish. 
Xalqimiz uchun abadiy yo`qolmaydigan qadimiy tushuncha hisoblanadi tarbiya. 
Axloq, ta`lim, odob, tarbiya kabi tuyg`u-tushunchalar qonimizga singib ketgan
qadriyatimizdir. Qadimdan tarbiya, maktab, ta`lim sohasiga jiddiy e`tibor qaratishgan. 
Buyuk adiblarimiz Alisher Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurahmon Jomiy, 
Abu Ali ibn Sinolarning asarlarida ham bu qrashlar o`z ifodasini topgan. Millatimizning 
madaniyati 
qanchalik 
boy 
ekanligini 
ham 
shundan 
bilib 
olsak 
bo`ladi. 
Ma`rifatparvarlardan biri, Abdulla Avloniy ta`lim va tarbiya, maktab ochish, yoshlarni 
bilimli ma`naviyatli qilib tarbiyalash haqida qator ishlarni olib boradi. Ko`plab 
asarlarini ta`lim olish, bilim va tarbiyaning mazmuni va mohiyatini yoritib bergan 
holda, insonlarni ta`lim, tarbiya olishga undash, pand-nasihat shaklida yozadi. Ayniqsa, 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Yüklə 428,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin