Page 854
tarbiya haqida bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmasdan, biz
uchun kerakli bo`lgan ko`nikmalarni o`zida saqlab qolgan. Avloniyning pedagogik
qarashlari bugungi kundagi maktablarning yaratilish asosiga beqiyos hissa qo`shgan.
Ma`rifatparvar adibning milliy qadriyatlarimizni kuylagan asarlari o`zbek adabiyoting
bebaho xazinasidir. Bu asarlarda milliy ruh, ilm-ma`rifat tushunchalari ilgari surilgan.
O`z davrida bu asarlar yoshlarni fikr doirasini kengaytiribgina qolmay, ularni mehnatga,
kitobga, maktabga, Vatanga bo`lgan muhabbatini oshirishga xizmat qilgan. Shoir
she`rlarida asosan, maktab, maorif, ilm va fan tushunchalari ulug`langan. Ya`ni ilmli,
ma`rifatli kishigina jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo`lib yetishadi. Bu g`oyalarni
shakllantirishda esa tarbiyaning o`rni beqiyosdir. Abdulla Avloniy bolalarning tarbiya
topishida, ularning qalbida axloqiy, ma`naviy barkamollikni o`stirishda asosiy kuch
maktab ekanligini ta`kidlab o`tadi.
“Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni
kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim”.
Bundan kelib chiqadiki, tarbiya berish ishini bola tug`ilgandan boshlash
maqsadga muvofiqdir. Insonga tarbiya hayoti davomida jamiyatdagi o`rnini belgilab
beruvchi tushunchadir. Shu o`rinda jahon adabiyoti vakili Migel de Servantesning
“Hushxulqli, yaxshi tarbiya ko`rgan kishi yaqinlari, yor-u do`stlari uchun misli o`chmas
chiroqdir”-degan misralari ayni haqiqatdir.
Xalqni, millatni ravnaq topishi, rivojlanishi va aksincha, jaholatga yuz tutishi
shakllanib kelayotgan “inson kapitali”ning ma`rifati, ma`naviyati, ilmi va ko`nikma
darajasiga bog`liq. Bu xususiyatlarni kamol toptirish uchun tarbiya jarayoni to`g`ri va
to`liq holda olib borilishi darkor.
Kimnidir baholashda biz, avvalo, uning tarbiyasidan kelib chiqib fikr yuritamiz.
Chin ma`nodagi yuksaklikka eltuvchi yo`l tarbiyadan boshlanadi. Zero, ta`limni
tarbiyadan, tarbiyani ta`limdan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi. Yetuk inson
darajasining ilk qadami bu tarbiyadir. Shaxs uchun dunyoga, barkamollikka yo`lning
debochasi tarbiyadan boshlanadi. Asrlar mobaynida ulug`lanib kelinayotgan komil
inson tushunchasi tarbiya asosiga qurilgandir. Har bir insonning shaxsi, harakteri
hattoki, dunyoqarashi uning olgan tarbiyasidan kelib chiqadi. Insonlarning sizga bo`lgan
munosabati ilm yoki kasb darajangiz emas, balki, odob-axloq va tarbiyangiz asosida
hosil bo`ladi. Biror bir shaxsga nisbatan bo`lgan hurmat ham aynan shu
tarbiyalanganlik xususiyati mavjudligi boisdir.
Tarbiya borasida Sa`diy She`roziyning shunday misralari bor:
Minbarning poyida tursa ham eshshak,
Tarbiya yuqmaydi, bo`lmaydi odam.
Tarbiya ko`rmayin ulg`aysa kishi,