SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 852
TARBIYA JARAYONI MAZMUNI VA MOHIYATI
Gulfira G`ofur qizi Avazmurodova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili adabiyoti universiteti 2-bosqich
talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tarbiya, tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati, tarbiyaning
inson hayotidagi ahamiyati, shaxsni kamol topishida tarbiyaning o`rni yoritib berilgan.
Tayanch so`zlar. Tarbiya, tarbiya jarayoni, o`z-o`zini tarbiyalash,
keng va tor
ma`nodagi tarbiya, tarbiya turlari, tarbiyaning umumiy vazifalari, Abdulla Avloniy.
Tarbiya-muayyan, aniq maqsadga va har tomonlama ijtimoiy-tarixiy tajriba
asosida yosh avlodni tarbiyalash uning ongi, xulq-atvori
va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni. Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma`naviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan
amaliy pedagogic jarayon, insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur bo`lgan hissiyotlarga ega bo`lishini ta`minlash yo`lida ko`riladigan chora-
tadbirlar yig`indisi.
Tarbiya jarayoni- o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq
maqsadga yo`naltirilgan hamkorlik jarayoni.
Demakki, insonning shaxs bo`lib
rivojlanishi, uning odatlari, xulqi qay darajada
bo`lishi,
dunyoqarashi, ongi his-tuyg`ularini shakllantirish tarbiya jarayonida hosil
bo`ladi. Shaxsning jamiyatdagi o`rnini topishi, his-tuyg`u, kechinmalarini yo`nalishi,
o`sishi tarbiyaga bog`liq.
O`z-o`zini tarbiyalash shaxsni o`zida ijtimoiy qadrga ega bo`lgan fazilatlarni hosil
qilish, takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarini bartaraf etishga qaratilgan ichki
faoliyat.
Inson hayotidagi har xil illat va nojo`ya holatlar tarbiyadagi xato tufayli kelib chiqadi.
Bolalikdan tarbiya to`g`ri yo`naltirilsa bunday ’’og`ishlar’’ bo`lmaydi.
Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi
shaxsni shakllantirish
tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat
qilish o`zgalar fikrini tinglash,
insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning
muhim tamoyillaridandir. Yana insonda e`tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o`zini-o`zi
anglashi, keng fikr yuritishi o`zini va boshqalarni fikri, g`oyalari, qarashlarini baholashi
ham tarbiyaning muhim unsurlaridan biridir.
Jamoa bilan ishlash, boshqalarga nisbatan
hurmat hissini oshirish, insonda
hamkorlik tuyg`usini shakllantirish ham tarbiya asosida vujudga keladi. Bizning olam,