Yaxlit pedagogik jarayon



Yüklə 29,91 Kb.
səhifə1/4
tarix04.12.2022
ölçüsü29,91 Kb.
#72318
  1   2   3   4
Yaxlit pedagogik jarayon


YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON

Reja



  1. Pedagogik jarayon tizim sifatida.

  2. Yaxlit pedagogik jarayon haqida tushuncha. Pedagogik jarayon qonuniyatlari

  3. Pedagogik jarayon bosqichlari.

  4. Ta’lim va tarbiya ob’yekti va subyekti.

  5. Yaxlit pedagogik jarayonni jadalashtirish

  6. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish.

  7. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar.



Tayanch so’z va iboralar: Pedagogik jarayon, pedagogic tizim, tarbiya ob’ekti, jadallashtirish, optimallashtirish, tarbiyachi
1. Pedagogik jarayon tizim sifatida.

Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko’rsatuvchi barcha ko’rinishdagi maktabgacha tarbiya, o’rta umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o’zaro uzviylikdagi tizimi pedagogik tizim deyiladi.

Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog`langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog`liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.


Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo’ladi
o’quvmateriali mazmuni ta’lim metodlari natija O’quvchi faoliyati
O’quvchi faoliyati ta’lim maqsadi ta’lim vositalari ta’limning tashkiliy shakllari
Ta’lim jarayoni tuzilishining andozasi(modeli)
Ushbu tizim sharoitida ta’lim va tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi jarayon pedagogik jarayon deyiladi.

Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteriga, o’zaro ta’sir kuchiga bog`liq.

Pedagogik jarayonni tashkil etishning o’ziga xosligi: tarbiya obhekti bir vaqtning o’zida tarbiya subhekti ham hisoblanadi. O’zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi hamkorlik pedagogik o’zaro ta’sir tushunchasini to’laroq aks ettiradi.

Subhekt bilan obhekt o’rtasida turli-tuman aloqalar


mavjud: ..

  1. Axborotxarakterida(o’zaroaxborotlaralmashinibturish).

  2. Tashkiliy faoliyat aloqalari(o’zaro birgalikdagi faoliyat).

  3. Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).

  4. Boshqaruv va o’z-o’zini boshqaruv aloqalari.

Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o’z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo’yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.

SHaxs shakllanishi — inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma’lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. Kishida bir qator ijtimoiy sifatlar tarkib topib, ilmiy asoslangan mustaqil fikr shakllanadi. Ijtimoiy taraqqiyot tashqi va ichki, boshqariladigan va bosh qarilmaydigan omillar bilan kishiga ijobiy ta’sir etish, ya’ni shaxsning shakllanish jarayoni. Insonning ijtimoiy taraqqiyotida maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya etakchi o‘rinni egallaydi. Pedagogik faoliyat jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja-dasturga muvofiq amalga oshirish, ya’ni avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turi.
Pedagogik jarayon — o‘qituvchi yoki tarbiyachi, o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, o‘rgatish o‘rganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimi.
Pedagogik tamoyil (prinsiplar) — o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat orqali beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek, o‘quv qurollari va tarbiyalanuvchilarning ruhiy xususiyatlari o‘rtasidagi zaruriy bog‘liqliklardan kelib chiqqan qonuniyatga amal qilish.
Pedagogik tajriba — ta’lim-tarbiya beruvchi tomonidan pedagogikaning tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning muayyan usul va uslublarini to‘liq o‘zlashtirib hamda ularni amalda qo‘llashdagi real shart-sharoitlarni, bolalar jamoasi va har bir bolaning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etish5.





Yüklə 29,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin