Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi


biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, o‘z xulq-atvori bilan



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, o‘z xulq-atvori bilan 


21 
o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”
Ta‘lim tizimi va maktab oldiga maqsad qilib ya‘ni, komil insonni tarbiyalab 
voyaga yetkazish qo‗yildi. 
O‗zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasini isloh qilish maqsadida «Ta‘lim 
to‗g‗risida»gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ning amaldagi holati
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov bu muammo ilmiy-
nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab, o‗quv-tarbiya jarayonini yangi 
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqarish, maqsadga erishish
samaradorlikni oshirishning muhim omili deb hisobladi.
Respublikamizda olib borilayotgan ta‘lim islohotlari, mutaxassis kadrlar 
salohiyotini oshirishga qaratilgan bo‗lib, oliy o‗quv yurtlarida pedagoglarning 
metodik mahoratini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kun pedagogika sohasida kirib kelayotgan yangiliklar, yangi 
pedagogik texnologiyalar va pedagogik innovasiyalar zamonaviy pedagog 
kadrlarni shakllantirishda asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Oliy ta‘lim (shuningdek o‗rta, o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi) mutaxassis 
kadrlar tayyorlashda bo‗lajak o‗qituvchilarning metodik mahoratiga, ularni 
o‗qitishning yangi usullarini o‗zlashtirishlariga yetarli e‘tibor berilmayotganligi 
ta‘lim sifati samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.
―Pedagogik texnologiya‖ atamasi o‗qituvchilarimiz orasida ikki xil 
ma‘noda qo‗llanilmoqda: 
1. Zamonaviy texnika, elektron hisoblash mashinasi, kompyuter, audial, 
vizual asboblarini ta‘lim-tarbiya jarayoniga qo‗llab samaradorlikni oshirish; 
2. Ta‘lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o‗rganish, 
qayd etish yo‗llari bilan o‗qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini 
ta‘minlash. 
Ta‘limning kafolotlanganlik natijasi samaradorlikni va maqsadga erishishni 
belgilaydi. Bundan ko‗rinadiki natija maqsadga qancha yaqin bo‗lsa, o‗quv-
tarbiya jarayoni shuncha samarador hisoblanadi va bu ta‘limning zamonaviy 
texnik vositalari va ilg‗or texnologiyalarni amalga oshirishning muhim 


22 
jihatlaridan bo‗lib, ikkinchi talqin, ta‘lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, 
natijasini oldindan o‗rganish, qayd etish yo‗llari bilan o‗qituvchining 
kafolotlangan natijaga erishishini ta‘minlash.
Demoqchi bo‗lgan fikrimiz shundan iboratki, o‗qituvchi faoliyatining 
asosini dars tashkil etadi. Ta‘lim jarayonining samaradorligini belgilash hamda 
maqsadga erishishning eng maqbul yo‗li va usuli metodni tanlash bilan 
belgilanadi. 
―Metod‖ atamasi yunoncha ― metodos‖ so‗zidan olingan bo‗lib, yo‗l, 
haqiqatga intilish, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma‘nosini anglatadi.
O‗qituvchi metod tanlashda: 
Birinchidan, o‗qitish usuli, o‗qish faoliyati usullari bilan chambarchas 
bog‗liq bo‗lishiga; 
Ikkinchidan, maqsadlarga erishishda o‗qituvchi o‗quvchi hamkorligi o‗z 
aksini topishi shart ekanligiga; 
Uchinchidan o‗quvchilarning yosh, individual psixologik xususiyatiga; 
To‘tinchidan, mavzularning izchilligi va tizimliligini hisobga olganlikka 
e‘tibor beradi. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan talablar pedagogik texnologiyaning 
interfaol usullarida o‗z aksini topgan. Bular: ‖Aqliy Hujum‖, ―Yalpi fikriy 
Hujum‖, ―Qarorlar shajarasi‖, ―Zig-zag‖, ―6x6x6‖, ―Qora quti‖, ―Bilaman. 
Bilishni xoxlayman. Bilib oldim‖, Klaster, Panaroma . . . . kabi metodlardir.
Ta‘lim jarayoniga bu metodlarni qo‗llash: 
- o‗quvchining muayyan nazariy bilimlar puxta o‗zlashtirishga; 
- vaqtning tejalishiga; 
- har bir o‗quvchining faollikka undalishiga; 
- o‗quvchining erkin fikrlash layoqatini shakllanishiga; 
- o‗quvchida o‗zgalarning fikrini tinglay olish ko‗nikmasining hosil 
bo‗lishiga; 
- o‗quvchining o‗z fikrini himoya qila olishiga; 
- o‗quvchida bildirilgan fikrlarni umumlashtira olish ko‗nikmasini 
shakllanishiga olib keladi. 


23 
Shunday qilib ta‘lim jarayoniga interfaol usullarni qo‗llashda o‗qituvchi 
ta‘lim jarayonining boshqaruvchisi vazifasida bo‗lib, bunda boshqaruv maqsadi 
ta‘limning ob‘ekti va sub‘ekti sifatida o‗quvchiga yo‗naltiriladi. Demak, 
pedagogik texnologiya ta‘lim mazmuni usul, shakl va vositalar asosida yuzaga 
keladi. Ushbu jarayon kafolatlangan natijaga erishishga yo‗naltiriladi.
Noan‘anaviy o‗qitish usullaridan foydalanishdan maqsad nima uning 
afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan 
savolga quyidagicha xosilalar asosida javob berish mumkin. 
1. Noan‘anaviy o‗qitish eng sodda qulay usul.
2. Mustaqil fikrlashni qrgatadi. 
3. Ko‗p tarmokli. 
4. Sodda va oson. 
5. Bilim boyligini oshiradi. 
6. Vaqtdan yutadi. 
7. Qiziqarli o‗tadi. 
8. Darsning samaradorligini oshiradi. 
9. Dunyoqarashni kengaytiradi. 
10. Tafakkurni rivojlantiradi. 
11. O‗quvchilarining diqqat e‘tiborini tortadi. 
12. Har bir o‗quvchi bilan individual munosabatda bo‗ladi. 
13. Xotirani kchaytiradi. 
14. Izlanishga chorlaydi. 
15. O‗quvchilarni o‗z ustida ishlashga chorlaydi. 
O‗qitishdan ko‗zlanadigan maqsad bu davlat ta‘lim standartlarida belgilangan 
bilim va kqnikmalarini o‗quvchiiga yetkazishdan iborat. qachonki o‗quvchni 
tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‗quvchii malaka oshirish 
uchun mqljallangan topshirihlarni amalda namoyish etib bera olsagina o‗qitish 
muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‗ladi. 
Ba‘zi mamlakatlarning ta‘lim sohasida to‗plangan ilg‗or tajribalari tahlilidan 
ayon bo‗ldiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, ma‘naviy-ahloqiy 


24 
kiyofasining shakllanishida u mansub bo‗lgan muhit, unda qaror topgan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy munosabatlarning ahamiyati katta ekan. Zero, ushbu jamiyatda 
uning tafakkuri, ma‘naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishi uchun zarur bo‗lgan 
ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar mavjud. Rivojlanayotgan O‗zbekiston jamiyatida 
ta‘lim muassasalari, shu jumladan, boshlang‗ich ta‘lim darslarining ham alohida 
o‗ringa ega. Zero, muayyan kasb-hunar asoslaridan yosh avlodni xabardor etish 
ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ma‘lum 
kasbiy faoliyat bilan shug‗ullanish shaxsning moddiy ehtiyojlarini ta‘minlash 
uchungina emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti 
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.
O‗zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash Milliy modelining mutaxassis 
kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga 
samarali tatbiq etilishi xalq xqjaligidagi ishlab chiqarish ob‘ektlari, ilmiy hamda 
o‗quv muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta‘minlash imkonini beradi.
Mazkur masalaning dolzarbligi xususida to‗xtalar ekan, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o‗tadi: «O‗zbekiston innovasion 
rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o‗tishi uchun hamma zarur 
sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng 
va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm 
talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, 
iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko‗paytirishga asoslanadi. Bu - mamlakatimiz 
jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining 
zarur sharti va mustahkam poydevori bo‗lib xizmat qiladi.
Jamiyat ehtiyojlari asosida shakllantirilayotgan barkamol avlod va malakali 
mutaxassisning rivojlanishini ta‘minlashda boshlang‗ich ta‘lim darslarining o‗rni 
beqiyos ekanligi davlat siyosati darajasida e‘tirof etilmoqda. Ayni vaqtda 
O‗zbekiston Respublikasi hududida sanoat, savdo, qishloq xo‗jaligini 
mexanizasiyalashtirish, 
transport, 
aholiga 
maishiy 
xizmat 
ko‗rsatish 
yo‗nalishlarida mutaxassis tayyorlaydigan boshlang‗ich ta‘lim darslari qo‗rilib, 
ularda muayyan maqsadga yo‗naltirilgan o‗quv faoliyati yo‗lga qo‗yilgan bo‗lsa, 


25 
xalq xo‗jaligi uchun zarur bo‗lgan mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan 
ko‗plab kollejlarning qurilishi davom ettirilmoqda 2005 yilga qadar O‗zbekiston 
Respublikasining viloyat, tuman, shahar hamda qishloq hududlarida ularning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va aholi, shuningdek, xalq xo‗jaligining 
kadrlarga bo‗lgan ichki ehtiyojlarini inobatga olgan holda muayyan yo‗nalishlarda 
faoliyat ko‗rsatuvchi yangi turdagi o‗quv muassasalarini joylashtirish, ularning 
faoliyatini 
moddiy-moliyaviy 
jihatdan 
qo‗llab-quvvatlash, ilmiy-metodik 
ta‘minlash ko‗zda tutilgan. 
Boshlang‗ich ta‘lim darslarini o‗qitishning interfaol usullari asosida tashkil 
etish ularda tashkil etiladigan ta‘lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik 
texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang‗ich ta‘lim
o‗quvchiilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikka erishishga 
yo‗naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‗lib, bunda bir qator pedagogik 
vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir: 
- boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish 
borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish; 
- boshlang‗ich ta‘lim tabiat darslari pedagog xodimlari o‗rtasida interfaol 
metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o‗quv seminarlarini tashkil 
etish; 
- ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o‗zlashtirilishiga
erishish; 
- boshlang‗ich ta‘lim darslari pedagoglarida ta‘lim-tarbiyaviy faoliyatni 
tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuv hissini tarbiyalash; 
- boshlang‗ich ta‘lim darslarining o‗qituvchilarida texnologik yondashuv 
asosida tashkil etish kqnikma va malakalarini hosil qilish; 
- boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilari tomonidan ta‘lim-tarbiyaviy 
ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish; 
- boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarining texnologik asosda 
pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish; 


26 
- boshlang‗ich ta‘lim darslarining samaradorligini ta‘minlash 
Boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilari o‗rtasida interfaol metodlar va 
ularning mohiyati xususidagi nazariy ma‘lumotlarni targ‗ib etish muvaffaqiyatini 
pedagogik jamoa, shuningdek, individual pedagog xodimlarda ularni o‗rganishga 
nisbatan ehtiyoj, qiziqishning yuzaga kelishini belgilaydi. Yuzaga kelgan ehtiyoj 
hamda qiziqish ularni qondirish imkonini beruvchi amaliy faoliyatni tashkil 
etishga nisbatan qaror toptiradi. 
Boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol 
metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga 
amal qilish asosida erishiladi: 
1. Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish 
borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi. 
2. Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish 
borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga 
oshirilishi. 
3. Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda 
mavjud shart-sharoit hamda sub‘ektiv yondashuvlarni inobatga olish. 
4. Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish. 
5. Yangi tajribalarni ommalashtirish. 
6. Nazariy va amaliy faoliyat birligi. 
7. Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda 
xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar. 
Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish 
quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi: 
1) Ob‘ektiv omillar: 

Boshlang‗ich ta‘lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi; 

Ta‘lim- tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan 
ta‘minlanganligi; 


27 

Boshlang‗ich ta‘lim darslarida pedagogik monitoring (ma‘lumotlar banki)ning 
tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi; 
2) Sub‘ektiv omillar: 

boshlang‗ich ta‘lim darslarining o‗qituvchilarida PT mohiyatini o‗rganishga 
nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi; 

Ularda o‗z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag‗batning qaror 
topganligi

kasb-hunar kolleji rahbariyati va jamoasining o‗quv yurti faoliyatini interfaol
metodlar asosida tashkil etish yo‗lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi; 

boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarining PT mohiyatidan xabardorliklari; 

ularda o‗z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi
ko‗nikma va malakalarning tarkib topganligi; 

Boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarining o‗z pedagogik faoliyatlarida 
PT ni qo‗llay olish mahoratiga egaliklari; 

ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchiilari orasida 
ko‗tarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi; 

PT 
asosida 
pedagogik 
faoliyatni 
tashkil 
etayotgan 
o‗qituvchilarni 
rag‗batlantirib borish va hokazolar. 

boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol 
metodlar asosida tashkil etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi 
ko‗rsatgichlarga muvofiq belgilanadi: 
Boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilari tomonidan yangi pedagogik 
texnologiya nazariyasi, uning mohiyati, ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalash, 
boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchilarining bilim, ko‗nikma va malakalari darajasini 
oldindan tashhislash, ular tomonidan tashkil etilayotgan o‗quv faoliyati 
mazmunini nazorat qilish, ularning bilim, ko‗nikma va malakalarini baholash, 
pedagogik faoliyat samaradorligini aniqlash borasidagi nazariy bilimlarning
o‗zlashtirilishi; 


28 

boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarida boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchilari 
bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy 
yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq xatti-
harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi; 

Pedagogik faoliyat mazmuni, ko‗lami, sur‘ati hamda samaradorliginining 
yuqori darajasi. 
Tadqiqot muammosini nazariy-amaliy asoslarini o‗rganish natijasida shu 
holat aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang‗ich ta‘lim
darslari pedagoglari o‗rtasida targ‗ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga 
nisbatan tabiiy fanlar o‗qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning 
nazariy-amaliy asoslarini tez va puxta o‗zlashtirishga muvaffaq bo‗lganlar. 
Buning boisi, boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchiilariining bilim, ko‗nikma va 
malakalari, shuningdek, ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorlik drajasini 
aniqlashga yo‗naltirilgan metodlarning statistik xususiyatga egaligidadir. Tabiiy 
fanlar o‗qituvchilarining texnik va axborot vositalari bilan ishlay olish tajribasi va 
mutaxassislik ma‘lumotlariga ega ekanliklari ularni interfaol metodlar borasidagi
bilimlardan xabardor etish jarayonida ma‘lum qulayliklarni yaratdi. Boshlang‗ich 
ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish jarayonidagi imkoniyatlar 
va tajribalarga tayanish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi. Xususan, o‗quv 
fanlari bo‗yicha tashkil etiladigan mashg‗ulotlarning loyihasini ishlab chiqish, 
boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchiilarining faoliyatlarini nazorat qilish, ularning bilim, 
ko‗nikma va malakalarini baholash hamda darslarining samaradorligini 
aniqlashga imkon beruvchi dasturlarni tuzishda tabiiy fanlar o‗qituvchilarining 
o‗rni beqiyosdir. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin