O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik — barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.
4. Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so‘ng tartib
bilan sanalgan har bir gap
boshida:
1996-yil 26-aprelda ta ’sis etildi:
— Amir Temur ordeni;
— Buyuk xizmatlari uchun ordeni.
5. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa:
Olamni quyosh yoritadi, insonni — ilm.
6. Ayrim so‘z
yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida:
O‘zbekiston Milliy sug‘urta kompaniyasi —
,,O‘zbekinvest”.
8. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida:
Vaqting ketdi —
baxting ketdi.
9. Kirishlar va ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan
asosiy
bo‘laklardan ajratiladi.
Biz — yoshlar —
millatning tayanchi, Vatanning ishongan tog‘larimiz.
10. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida:
Toshkent — Andijon avtomobil yo‘li ta’mirdan chiqarilmoqda.
11. Nashr, kitobot ishlarida:
X. Sultonov. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar. —
Т.1987
12.Hisob-kitob bilan bog‘liq fanlarda tire ayirish belgisini
bildiradi: 307 — 23.
So‘roq belgisi va uning qo‘llanilishi
So‘roq belgisining kelib
chiqishini lotincha questio — so‘roq so‘ziga olib borib
taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi ,,Q” ishlatila boshlagan,
keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?)
kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda
1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan.
So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. So‘roq gaplarning oxirida.
Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi?
2. Kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, qaysi?
kabi
so‘roq olmoshlaridan so‘ng:
Sifatlar qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z
yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz
bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga qo‘yiladi:
Abdulla Qodiriyning ,,O‘tkan kunlar” qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi
haqida hikoya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: