Ma’lumki,
,,Matn” atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida
1
matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan
kitobiy so‘z ekanligi va aynan
tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora
qilinadi. Izohli lug‘atning 156-betida
tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi:
Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar
yoki ularning bir parchasi; matn. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to‘g‘ri
ko‘rsatilgan. Faqat aхborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida
matn (tekst) so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik
butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob’ekti sifatida
talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so‘z birikmasi va gapdan farqlash lozim-
ligi, matnning ham o‘z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos
M.Х.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsion ishida bu haqda
shunday yozadi: ,,
Matn” so‘zining lug‘aviy ma’nosida birikish, bog‘lanish tushun-
chalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o‘zaro qaysidir bog‘lovchilar yor-
damida
birikishini o‘rganish ,,Matn tilshunosligi” sohasining asosiy
muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Matn birliklarining o‘zaro bog‘lanishini ifoda
etuvchi takror va uning bir necha ko‘rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so‘zlar,
gapning so‘roq shakliga хos bo‘lgan ko‘rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari
matn tilshunosligida alohida o‘rin tutadi.
2
Umuman matn deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo‘lgan, tugallangan,
yozma shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan
tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog‘langan, aniq maqsadli
va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. Shunga ko‘ra tilshunoslikda
o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn lingvistikasi yo‘nalishi tez sur’atlarda
rivojlana boshladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha
davriy nashrlar, ilmiy maqolalar to‘plami, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari,
1
Dostları ilə paylaş: