Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi: O‘zbek tilshunosligiga matn 
nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida 
N.M.Turniyozov, 
B.Yo’ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, 
M.Yo’ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu 
tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq 
qilindi va bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda.
Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi, rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, 
S.lbrohimov, H.G‘oziyev, O.Usmonov, G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov va boshqa 
tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq. 
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Matnning turli jihatlarini tadqiq qilish. 
Punktuatsiyani o‘rganish orqali yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilish, 
uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlash.


Ma’lumki, ,,Matn” atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. 
O‘zbek tilining izohli lug‘atida
1
matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan 
kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora 
qilinadi. Izohli lug‘atning 156-betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: 
Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar 
yoki ularning bir parchasi; matn. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan. Faqat aхborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida 
matn (tekst) so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik 
butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob’ekti sifatida 
talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so‘z birikmasi va gapdan farqlash lozim-
ligi, matnning ham o‘z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos 
M.Х.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsion ishida bu haqda 
shunday yozadi: ,,Matn” so‘zining lug‘aviy ma’nosida birikish, bog‘lanish tushun-
chalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o‘zaro qaysidir bog‘lovchilar yor-
damida 
birikishini o‘rganish ,,Matn tilshunosligi” sohasining asosiy 
muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Matn birliklarining o‘zaro bog‘lanishini ifoda 
etuvchi takror va uning bir necha ko‘rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so‘zlar, 
gapning so‘roq shakliga хos bo‘lgan ko‘rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari 
matn tilshunosligida alohida o‘rin tutadi.
2
Umuman matn deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo‘lgan, tugallangan
yozma shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan 
tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog‘langan, aniq maqsadli 
va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. Shunga ko‘ra tilshunoslikda 
o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn lingvistikasi yo‘nalishi tez sur’atlarda 
rivojlana boshladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha 
davriy nashrlar, ilmiy maqolalar to‘plami, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari, 
1

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin