munosabatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar.
Tinish
belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va tinish belgilari)
mansub
bo‘lib, u qo‘shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid
ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish
belgilarning yozuvda qo‘llanishi o‘ziga xos tizimga ega. Bu tizim - tinish belgilar
miqdori, qo‘yilish tartibi va qo‘llanish prinsiplari yig‘indisi punktuatsiyani vujudga
keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar)
hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan
turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish
belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini ko‘rsatish,
shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion
jihatini aniqlashga yordam
berishdir. Hozirgi o‘zbek yozuvida tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, so‘roq belgisi,
undov belgisi, vergul, qavs, tire, ko‘p nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo‘shtirnoq.
Ularning aksariyati 19-asrning 2-yarmida ayrim gaz va toshbosma kitoblarning
nashr etilishi bilan paydo bo‘lgan.
8
Tinish belgilari o‘z vazifasiga ko‘ra, 2 ga bo‘linadi:
a) chegaralovchi tinish
belgilari - muayyan sintaktik tuzilmaning yoki
umuman gapning chegarasini
bildirish, biron bir gap bo‘lagini intonatsion mazmuniy jihatdan ajratib ko‘rsatish,
nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi
(so‘zlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini
ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi tinish belgilari qavs, qo‘shtirnoq, yagona qo‘shaloq
belgi sifatida qo‘llanuvchi vergul,
ayni shu vazifadagi tire;
b) ajratuvchi
tinish belgilari - mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh
va ergash gaplar,
bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning
uyushgan bo‘laklarini, birgalik ergashishli qo‘shma gaplarni, gapning ifoda
maqsadiga ko‘ra turlarini, nutqning bo‘linganligini ko‘rsatuvchi tinish
belgilari
nuqta, so‘roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul,
ikki nuqta, tire, ko‘p nuqta.
8
Dostları ilə paylaş: