Qavs va uning qo‘llanilishi
Qavs o‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila
boshlangan. Dastlab ,,Turkiston viloyatining gazeti” da 1873-yilda ishlatilgan. U
quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Kiritma gaplarda:
O‘zbekiston paxta ishlab chiqarish bo‘уicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanib
(Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi о‘rinda turadi), eksport
bo‘yicha AQSHdan so‘ng ikkinchi о‘rinda turadi.
2. Remarkalarda: X on (yolg‘iz).
3. Olingan misollar yoki gaplar manbasida:
Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidur. (Abdulla Avloniy)
4. Izoh ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalarida:
Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr)
5. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri
qavsga olinadi: ,,Qutadg‘u bilig” (Baxt keltiruvchi bilim)
Qo‘shtirnoq va uning qo‘llanilishi
Qo‘shtirnoqni amaliyotga rus olimi prof. A.A.Barsov kiritgan. O‘zbek
yozuvida u kiritish belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi.
Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi.
1. Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi.
I.V.Gyote shunday deb aytgan edi: ,,Donishmandlik faqat haqiqatdadir”.
2. Sitatalar qo‘shtirnoq ichida yoziladi:
Buyuk yozuvchimiz A. Qahhorning quyidagi gaplari halihanuz o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q: ,,Adabiyot atomdan kuchli , lekin uning kuchini o‘tin yorishga
sarflamaslik kerak”
3. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan
yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni
bildiruvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi:
Bu safar Botirovning jinoyati o‘n bir yillik qamoq bilan ,,taqdirlandi”.
4. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari
qo‘shtirnoq ichida beriladi: ,,Sohibqiron” dramasi
5. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari
qo‘shtirnoq ichida yoziladi: ,,O‘zbekiston” mehmonxonasi.
6. Transportlarning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini,
mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi:
,,Neksiya” rusumli yengil mashina
7. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi:
,,El-yurt hurmati” ordeni 1998-yil 28-avgustda ta ’sis etildi.
8. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qo‘shtirnoq ichida beriladi.
1995-yilning 6-may kuni ,,Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida’’ Qonun qabul qilindi.
9. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari ham qo‘shtirnoq ichida
beriladi: 11-,,A” sinfi
|