Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Undov belgisi va uning qo‘llanilishi



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Undov belgisi va uning qo‘llanilishi 
Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u 
lotincha lo — undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning 
qo‘shilishidan hosil bo'lgan. Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi: 
1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qo‘yiladi: 
Ana tuproq, mana tuproq!— deydi. 
2. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning 
oxirida ham ishlatiladi: 
Siz ham oyoqni ishlating! — deb buyurdi.
3. So‘z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so‘ng 
qo‘yiladi: 
Ey arslonlar arsloni!
4. Ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z-gaplar hayajon bilan aytilsa
ulardan so‘ng qo‘yiladi: 
Yo‘q! Borolmayman, — dedi qayrilib.
5. Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan keyin qavs ichida 
berilishi mumkin: 
,,Boburnoma”da tarix, etnografiya, til, adabiyot, geografiya, biologiya, botanika, 
hatto tabobatga (!) oid g‘oyat qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin.  
6. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta 
belgi qo‘yiladi: 
Chiqar buni jallod!!!
7. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq, shuningdek, ritorik so‘roq gaplardan so‘ng: 
Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog‘insang, qanday baxt bu! 
Ko‘p nuqta va uning qo‘llanilishi 
Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda


ishlatila boshlangan. 1876-yildan e’tiboran, Turkiston viloyatining gazetida 
muntazam qo‘llangan. Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 
1. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida: 
 Mana shu imperiya... . 
2. So‘zlovchining cheksiz his-hayajonini, beqiyos tabiat manzaralarini ifodalash 
uchun: 
Qish... Butun atrofoppoq libosda... 
3. Matn (jumla) qisqartirilsa: 
Ilkimdin kelguncha... — deb boshlanar edi. 
4. Fikr bo‘lib-bo‘lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa: 
 Turkistonda birinchi m...m...m... artaba tia... t... t... tr, — dedi-da, fikrg‘a toldi.
5. Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa: 
-Tushundingizmi? -…
6. Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida: 
A...loq, ...abar. 

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin