Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Vergul va uning qo‘llanilishi



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Vergul va uning qo‘llanilishi 
Vergul tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XV asrdan boshlab ishlatila 
boshlangan. O‘zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Undan 
quyidagi o‘rinlarda foydalaniladi: 
1. Uyushiq bo‘laklar orasida: 
Bolalarning xulqi, odobi, yurish-turishi, ko‘cha-ko‘yda, mahallada о‘zini tutishi, 
do‘stlari orasidagi mavqeyi, hurmati, oila yumushlariga qo‘shayotgan hissasi bilan 
doimo qiziqib turish lozim.
2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi: 
Uka, о‘qishning erta-kechi bo‘lmaydi. Men Sizni, oyijon, juda yaxshi kо‘raman
3. Kirish so‘z va kirish birikmalardan so‘ng: 
Shubhasiz, Vatanimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan о‘rin olajak. 
Forobiyning yozishicha, inson jamiyatda, o‘zaro munosabatlarda voyaga yetadi. 
4. Tasdiq, ta’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, 
qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘z-gaplardan keyin kelgan bo‘laklarni ulardan 
ajratish uchun ham vergul qo‘yiladi: 
Ha, hushyor bo‘lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Xayr, 
biz jo‘nab ketyapmiz. Xo‘sh, xalq uchun siz nima ish qildingiz?
5. Ajratilgan bo‘laklar orasida: 
Onaga, eng ulug‘ zotga, ehtirom chinakam insoniylik sanaladi. 
О ‘zbekistonda, jahonga yuz tutgan obod va ozod mamlakatda, demokratiya kundan 
kunga barqarorlashib bormoqda. 
 
6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasiga: 
Do‘sting mingta bo‘lsa ham oz, dushmaning bitta bo‘lsa ham kо‘p. 
Yurgan - daryo, о‘tirgan - bo‘yra. 
7. Bog‘langan qo‘shma gaplarda ham vergul ishlatiladi: 
Bilimli va tadbirkor bo‘ling, lekin bu xislatlaringiz sizni xudbinlikka sira 


 yetaklamasin. Yo biz boraylik, yo siz keling. 
8. Undov so‘zlar his-hayajon bilan aytilmasa, ulardan so‘ng vergul ishlatiladi: 
Ey, menga bir minutga qarab qo‘ying. 
9. Ko‘chirma gap darak, buyruq gap bo‘lsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi: 
,,Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim”, deb aytgan edi Beruniy. 

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin