Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Nuqtali vergul va uning qo‘llanilishi



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Nuqtali vergul va uning qo‘llanilishi 
Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi. U quyidagi
o‘rinlarda ishlatiladi. 
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal 
fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda: 
Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi; о‘quvchining kо‘z oldiga 
odamning havasi keladigan, har qanday kishining muhabbatini о‘ziga qaratadi-
gan, har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga о‘zining jafokashligi, g‘ayrati, 
farosati, el-yurt uchun qayg‘urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol keladi.
2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga 
qiyoslanganda: 
Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber! 
3. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilgan-
da, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin: 
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, 
paxta chanog‘i va O‘zbekiston degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barg-
lari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, 
yarimoy va yulduz oq rangda beriladi. 
4. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari 
har bir bandi oxirida: 
Otabek timsoliga tavsif: 
a) Otabek - о‘qimishli, o‘z davrining yetuk kishisi
b) Otabek - mard va jasur yigit; 
d) Otabek - o‘z ahdiga sodiq, vafoli yor. 
Ikki nuqta va uning qo‘llanilishi 


Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asming boshlaridan 
e’tiboran ishlatila boshlangan. U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 
1. Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sa-
nalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng: 
Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman. 
2. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng: 
 Bundan so‘ng Qutidor turib ichkariga yugurdi, yarim yo‘ldanoq tanchada о‘tiruv-
chi Oftoboyim va Kumushga qichqirdi: -Sir ochildi!
3. Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin: 
О‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va 
Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi. 
4Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng: 
Mavzu: Alisher Navoiyning ,,Farhod va Shirin” dostoni 
5. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lu-
motlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin: 
Toshkentda Mustaqil O‘zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari 
mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. 
6. Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan 
ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilash uchun: 
Andijon va Paxtakor jamoalari о‘rtasidagi о‘yin durang natija bilan tugadi -2:2. 
7.Hisob-kitob ishida bo‘luv alomati sanaladi: 100 : 2=50. 

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin