Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Xulosa 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov to‘g‘ri 
ta’kidlaganlaridek: ,,Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi 
vosita bo‘lmish o‘zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va 
to‘liq ro‘yobga chiqarish davlat ishi ahamiyatiga molikdir.”
12
Xulosa o‘rnida yana shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, tinish belgilar zamirida 
katta ma’no-mazmunning talqini yotadi. Yuqoridagi keltirilgan misollardan ham 
ko‘rinib turibdiki, tinish belgilarining ahamiyati beqiyos. Katta- katta roman, 
hikoya, esse umuman olganda barcha badiiy asarlarning ta’sirchanligini tinish 
belgilari amalga oshiradi. Tinish belgilarisiz bizning yozma shakldagi adabiyotimiz, 
hujjatlarimiz o‘z mazmuniga ega bo‘lmas edi. Ular quruq, hech qanday ma’noni 
kasb etmasdi. Biz har jumlamizni tilimiz orqali gapirayotganimizda, uning tasviri, 
yani qog‘ozdagi aksini, aynan, shu tinish belgilari bajaradi. Demak, tinish belgilari 
o‘zbek adabiy tilida asosiy mavzulardan biridir. Shu sabab ham, biz qator 
izlanishlarni o‘rganish mobaynida ko‘rdikki o‘zbek yozuvi va uning tarkibiy 
qismlarida tinish belgilarining o‘rni beqiyosdir. Avvalo, nutq insonlarning bir-birlari 
bilan muloqot qilishlari uchun kerak bo‘ladigan asosiy vositadir. Tinish belgilari esa 
bizni nafaqat badiiy adabiyotni, balki ijtimoiy-siyosiy hujjatlarni ham tayyorlashda 
xizmat qilishini bilib oldik. Davlatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng olib 
borilayotgan islohatlarning barchasi yurt istiqboli uchun bo‘ldi. Bugungi kunda 
mamlakatimiz tomonidan ta’lim olishga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu esa o‘z 
navbatida fuqorolarning savodli bo‘lishini ta’minlab berdi. Bu tilimizning 
rivojlanishiga ham sabab bo‘ldi. Hozirda yoshlarning malakali mutaxassis bo‘lib 
yetishishlarida barcha fanlarning o‘rni bor. Ammo ona tilisiz boshqa fanlarni 
o‘zlashtirish oson kechmaydi. Shunday ekan tilni qanchalik yaxshi bilsak kundalik 
hayotimizda va ish faoliyatimizda bu narsa yordam beradi. Og‘zaki nutqning aksi 
yozma matnda va uning tarkibida aks etadi. Ularni o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanish 
esa bu tilimizga bo‘lgan hurmat va o‘zimizga bo‘lgan mas’uliyatdir. 
12
Karimov.I.A Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –Toshkent-2008, 200-bet 



Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin