Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
A. Nurmonov Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Toshkent-2013, 93-bet 


o‘rganilishi Fitrat, S.lbrohimov, H.G‘oziyev, O.Usmonov, G‘.Abdurahmonov, 
K.Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq.
10
Punktuatsiya masalalari bilan bevosita shug‘ullangan H.G‘oziyev (,,O‘zbek 
punktuatsiyasining 
tarixiy taraqqiyoti”, 1969, 1979), G‘.Abdurahmonov 
(,,Punktuatsiya o‘qitish metodikasi”, 1968), K.Nazarov (,,Tinish belgilari va yozma 
nutq”, 1974; ,,O‘zbek tili punktuatsiyasi”, 1976) laming asarlari nashr etilganiga 
ancha yillar bo‘ldi va ulardagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi fikr-
mulohazalar ham bir qadar o‘zgardi. Buning ustiga, ,,muallif punktuatsiyasi” 
tushunchasi, ya’ni muayyan muallif tomonidan tinish belgilarining amaldagi 
qoidalarga bo‘ysunmagan, unga rioya qilmagan holda individual qo‘llash holatlari 
uchraydiki, bu ham keng o‘quvchilar ommasini chalkashtiradi, shubhalantiradi. 
Mazkur holatni hisobga olgan holda va tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq 
ayrim chalkashliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi 
Til va adabiyot institutining bir guruh yetakchi olimlari: prof. N.Mahmudov, dotsent 
A.Madvaliyev, dotsent N.Mahkamov tomonidan ,,O‘zbek tili punktuatsiyasining 
asosiy qoidalari” ishlab chiqilgan edi. ,,Qoidalar” Institut ilmiy kengashi tomonidan 
ma’qullangach, ,,O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalining 2015-yil 1-sonida hamda 
,,Ma’rifat” gazetasining 2015-yil 1-, 4-, 8-, 11-aprel kunlaridagi sonlarida e’lon 
qilindi, jurnal va gazeta o‘quvchilaridan olingan maqbul fikr-mulohazalar, taklif va 
tavsiyalar asosida yanada takomillashtirildi. ,,O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy 
qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim 
markazi ilmiy-metodik kengashi tomonidan ma’qullangan.
11
Hozirgi o‘zbek yozuvida 10 xil tinish belgisidan foydalaniladi: 
1) nuqta - (.); 2) vergul - (,); 3) nuqtali vergul - (;); 4) ikki nuqta - (:); 
5) tire - (-); 6) so‘roq belgisi - (?); 7) undov belgisi - (!); 8) ko‘p nuqta - (...); 
9) qavs - ( ); 10) qo‘shtirnoq - (" ", " "). 

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin