Ba’zi tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi.
Tinish belgilari tuzilish jihatdan ham 2ga bo‘linadi:
a) bir elementli tinish belgilari
- vergul, tire, nuqta;
b) ko‘p elementli tinish belgilari bu guruh, o‘z
navbatida, 2
elementli (so‘roq va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs),
3 elementli
(ko‘p nuqta) va 4 elementli (qo‘shtirnoq) ga ajraladi. Qo‘llanish
o‘rniga ko’ra, tinish
belgilari 3 guruhga bo‘linadi: gap oxirida qo‘llanadigan
(nuqta, so‘roq
va undov
belgilari), gap o‘rtasida qo‘lanadigan (vergul) va aralash,
ya’ni
gapning turli
o‘rinlarida qo‘llaniladigan (tire, ikki nuqta, qo‘shtirnoq, qavs,
ko‘p nuqta). Tinish
belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiy
grammatik,
uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.
9
Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
yozma
nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda,
uning uslubiy ravonligini, tez
tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir. Ilmiy manbalarda, o‘quv
qo‘llanmalarida tinish belgilarining qo‘llanish usuli
va tartibi punktuatsiyaning
mantiqiy-grammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) tamoyillari asosida
belgilanishi ta’kidlanadi. Bunda
mantiqiy-grammatik tamoyil nutqning semantik-
grammatik tomonini yozuvda to‘g‘ri ifodalashga qaratilgan bo‘lsa,
differensiatsiya
tamoyili asosidagi qoidalar tinish belgilarining qo‘sh holda qo‘llanishidagi tartibni,
gapdagi murakkab mazmunni aniqlashtirish kerak bo‘lganda,
ulardan foydalanish
yo‘llarini belgilab beradi.
Uslubiy tamoyil tinish belgilarining qo‘llanishini nutq
uslublari asosida belgilashni nazarda tutadi, lekin bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki
muayyan bir uslubgagina xoslangan tinish belgisi bo‘lmaydi. Zarurat tug‘ilganda,
har qanday uslubda ham xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin.
Muayyan tildagi punktuatsiya an’analarining
mustahkamlanishi va
takomillashuvida taniqli yozuvchilarning ijodi hamda tinish belgilarining qo‘llanish
qoidalarini umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta
ahamiyatga ega. Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining
shakllanishi, rivoji, uning
9
Dostları ilə paylaş: