Badiiy uslubga oid matnning xususiyati undagi ta ’sirchanlik, tasviriylikdir. Bun-
day matnlarda tasviriy vositalar qo‘llaniladi.
3. Ilmiy uslub shaklidagi matnlar monografiya, ilmiy maqola, risola, taqriz bo‘lishi
mumkin. Bunday matnlarda ilm va fanga oid tushunchalar sof ilmiy yoki ilmiy-
ommabop uslub shaklida ifodalanadi. Shuning uchun bu xil matnlarda ilmiy
atamalar, formula va o‘ziga xos ilmiy iboralar qo‘llaniladi.
4. Ommabop uslubga oid matnlar matbuotga xos xabar, maqola, reportaj, intervyu
kabi shakllarda bo‘ladi. Bu xil matnlar o‘quvchiga tezda ta ’sir etuvchi ixcham,
ifodali jumlalardan tuziladi.
5. Rasmiy uslubga oid matnlarga qaror, shartnoma, buyruq, ko‘rsatma, ish qo-
g‘ozlari (ariza, xat, telegramma va boshqalar) kabi hujjatlar kiradi. Bu xil matnlarda
badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanilmaydi.
5
Matnni hajm belgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: minimal matn
(mikromatn) va
maksimal matn
(makromatn). Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda
matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar.
Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch хati, tushuntirish хati hamda vaqtli
matbuotda chiqadigan e’lon va kichik хabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi.
O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta
hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi. Badiiy
uslubda
minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar,
хalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar,
hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab
oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi.
Maksimal matn deyilganda
keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda
tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar
maksimal matn hisoblanadi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi, so‘ngso‘z
kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin.
6
5
Dostları ilə paylaş: