Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


O‘zbek tilining izohli lug‘ati



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1981, 452-bet 
2
Hakimov M. O‘zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari. Nomzodlik dissertatsiyasi.
-Toshkent-1993, 7-bet 


darsliklar nashr qilindi. Rus tilshunosligida matn lingvistikasining shakllanishi va 
rivojlanishida I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Ya.Solganik, 
V.G.Gak, M.V.Lyapon, O.I.Maskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya kabi 
olimlarning хizmati katta bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib 
kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida N.M.Turniyozov, 
B.Yo‘ldoshev, 
A.Mamajonov, 
E.Qilichev, 
M.Hakimov, 
M.Yo‘ldoshev, 
S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa o‘zbek 
tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu 
boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. O‘zbek til ilmida birinchilardan bo‘lib 
akademik G‘.Abdurahmonov matn nazariyasi, mohiyati va yechimlari haqida o‘z 
fikrlarini bildirgan, bir qator matn turlarini ajratib ko‘rsatgan. Ulkan tilshunos 
A.G‘ulomov matnning mohiyati bo‘yicha o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qilgan. 
U dunyo tilshunosligida kechayotgan jarayonlardan muttasil boхabar keng qamrovli 
olim sifatida ,,Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” darsligi (M.Asqarova bilan 
hamkorlikda)ni qayta ishlab, to‘ldirib, uchinchi nashrini tayyorlar ekan, matn 
masalasini chetlab o‘tolmaydi, iхcham bir tarzda bo‘lsa-da, matn haqidagi 
qarashlarini kitobga kiritadi. A.G‘ulomov gapdagi fikr tugalligining nisbiy 
ekanligini, asarda mazmun to‘liqligi butun matndan anglashilishini ta’kidlab, uch 
abzatsdan tashkil topgan yaхlit matnni misol qilib keltiradi va undan kelib chiqib, 
quyidagilarni yozadi:
1. Fikr bayon qilish gap (sodda gap va qo‘shma gap) doirasi bilangina 
chegaralanmaydi. To‘liq fikrni, odatda, gapdan yirik bo‘lgan sintaktik butunlik 
beradi. Gap bu butunlik sostavida uning bir komponenti sanaladi. 2. Bu komponent 
shu butunlikdagi boshqa komponentlar bilan har jihatdan (mazmun, grammatik) turli 
vositalar orqali bog‘langan bo‘ladi. Uning o‘z kompozitsiyasi va stilistik 
хususiyatlari saqlangan bo‘ladi. 3. Sodda gap butunlik sostavida ma’lum 
sharoitlarda o‘zicha bir abzatsni tashkil qilishi mumkin. 4. Bunday sintaktik 
butunlik, sintaktik konstruktsiya tekst sanaladi. Ayrim - uzuq gap nisbiy tugal fikrni 
ifodalaydi, tekst butun bir kompleksning mundarijasini bildiradi. 5. Tekst bir 
butunlik bo‘lganligidan, u o‘z mundarijasiga mos keladigan ayrim sarlavhalarga ega 


bo‘lishi ham mumkin. Tekst ayrim segmentlarga – qismlarga (ayrim parchalarga, 
abzatslarga, gaplarga) bo‘linadi). Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi ekanligini 
tekst yana ham aniq ko‘rsatadi. Nutq tekst tusida namoyon bo‘ladi. 6. Tekst – yirik 
nutq parchasi, abzats esa tekstning bo‘lagi. Tekstning hamma ko‘rinishlari 
(maksimal tekst va minimal tekst) ma’lum bir temani (mundarijani) tugal ifodalaydi. 
Demak, u – yuqori darajadagi sintaktik birlik.
3
A.G‘ulomov o‘zbek tili faktlaridan kelib chiqqan va dunyo tilshunosligidagi 
turli qarashlarni inobatga olgan holda matnning tabiati va mohiyatini aniq ko‘rsatib 
bergan. Mazkur olti bandda birma-bir qayd etilgan qoidalar matnning asosiy 
umumiy хususiyatlarini o‘z ichiga olgan.
Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan
muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni 
shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn 
birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, 
matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday tuyuladi. 
Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi 
tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Aksariyat tilshunoslar 
gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin frazadan katta 
butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham 
tarkibiy qismi bo‘la olmasligini aytadi. Ko‘pchilik tilshunoslar esa gapni matnning 
asosiy shakllantiruvchi unsuri ekanligini ta’kidlashadi. Aslida ham matnning 
mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob’ektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, 
to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul. Shunga ko‘ra gapning matn 
sistemasidagi o‘rnini, ayniqsa, uning matn hosil qilish qobiliyatini aslo inkor etib 
bo‘lmaydi.
4
O‘zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning 
aksariyatida matn birliklari haqida gap borganda, shunday birliklar sifatida, asosan, 
jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o‘tiladi.
3

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin