Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
G‘ulоmоv A., Asqarоva M. Hоzirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. -Tоshkent-1987, 6-7-betlar. 
4
Yo‘ldоshev B. Matnni o‘rganishning lingvоstatistik metоdlari. -Samarqand-2008. 


Matn ma’lum maqsad yoki fikrni sodda, qo‘shma va murakkab gaplar orqali 
ifodalovchi til birligidir. Matn nasr yoki nazm shaklida bo‘lishi mumkin. Tuzilishiga 
ko‘ra matn ikki xil bo‘ladi: 
1. Sodda tarkibli matnlar. 
2. Murakkab tarkibli matnlar. 
Matn og‘zaki yoki yozma usulda amalga oshirilishi mumkin. 
Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha gaplar (qo‘shma gaplar)dan iborat bo'ladi. 
Sodda matnlarga talabalar tomonidan tuzilgan ayrim jumlalar va kichik matnlar 
kiradi. Bunday matnlarda xabar, maqol, matal, masallar ifodalanib, hajmi jihatidan 
kichik bo‘lsa-da, ma ’lum maqsad to‘liq ifodalanadi. Masalan: 
1) Toshkent viloyati paxta topshirish rejasini bajardi. (xabar)
2) Sichqon sig‘mas iniga, g‘a lv ir bog‘lar dumiga. (matal) 
3) Qo‘shning tinch — sen tinch. (maqol) 
Murakkab tarkibli matnda biror g‘oya bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab fikr ifodala-
nib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan tashkil topadi. Agar bu qismlar 
mustaqil bo‘lsa, ular orasida nuqta, so‘roq, undov belgilari qo‘yiladi, har bir fikr 
xatboshi (abzas)dan boshlanadi. Murakkab matnlarga tarkibi keng tasvirlar, hiko-ya, 
masal, ertak, farmon, povest, roman, risola, maqolalar kabi adabiy, ilmiy, ras-miy 
nutq uslublari kiradi.
Matn funksional uslubning turli sohalarini qamrab oladi. Matn uslubning 
bayon, badiiy, ilmiy, ommabop, rasmiy turlarini tashkil etishi mumkin. 
1. Bayon (betaraf) uslubidagi matnga tasvir, rivoyat va muhokamalar kiradi. 
Tasvirda biror tabiat manzarasi, voqea, hodisa, xatti-harakat tasvirlanib, aniq 
shaxslar ishtirok etmaydi. 
Rivoyat biror voqeani bayon qilish bo‘lib, aniq shaxslar va ulaming dialogi bo‘lishi 
mumkin. 
Muhokama bayon qilinadigan voqea, hodisaga so‘zlovchining munosabati va 
hukmidir. 

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin