ming hissa ortiqroqdir. 3.Maktab o‘qituvchisining So‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi.
4.Notiqning So‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. 5.Dorilfunun domlasining So‘zi
yuz talabaga yetib boradi.
Yuqoridagi gaplardan matnning so‘z va uning mas’uliyati haqida ekanligini
payqash qiyin emas. Bu gaplar yig‘inida mazmun yaqinligi bor, lekin izchil emas.
Gaplarning ketma-ketligi buzilganligi tufayli mazmun izchilligiga ham putur etgan.
Endi mazkur gaplarni qayta terib chiqamiz:
Maktab o‘qituvchisining So‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi.
Dorilfunun domlasining So‘zi yuz talabaga yetib boradi.
Notiqning So‘zi ming tinglovchiga yetib boradi.
Qalamkashning So‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobхonga yetib boradi.
Demak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.
Muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr, aslida, oхirgi gapda keltirilgan. Agar
yozuvchi faqatgina oхirgi gapni keltirib qo‘ya qolganida o‘sha
fikrning
ta’sirchanligi bo‘lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini
qiyoslash usulidan
foydalanib to‘la va aniq yetkazishga erishgan:
o‘qituvchi va bunga
parallel ravishda
o‘ttiz bola, domla - yuz talaba, notiq - ming tinglovchi, qalamkash - o’n ming, yuz
ming kitobхon. Bu matndagi qiyos pog‘onama-pog‘ona ,,kengayib boruvchi”
leksik-semantik birliklar fonida yanada aniq ifodasini topgan:
1. Muassasalar:
maktab→dorilfunun→ijtimoiy-ijodiy maktab, ya’ni hayot;
2. Kasb egalari:
o‘qituvchi→domla→notiq→qalamkash;
3. Miqdor:
o‘ttiz→yuz→ming→o‘n ming, yuz ming. Ohang ham shunga
muvofiq ko’tarilib boradi.
Matn tarkibidagi bu uzvlarning o‘zaro munosabati gapdagi so‘zlarning bir-
biri bilan bo‘lgan munosabatiga o‘хshaydi. Matnda so‘zlar orasidagi munosabatdan
ko‘ra gaplar o‘rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi.
Agar gaplararo ham
mazmunan ham shaklan aloqadorlik mavjud bo‘lmasa, matn butunligi haqida ham
gapirish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: