O`ZBEK XONLIKLARI (XVI – XIX asrning birinchi yarmi)
I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat
Siyosiy ahvol. 1447 yil Xuroson hukmdori Shohrux Mirzovafot etgach, taxt uchun kurash kuchaydi. Xuroson bir necha qismga bo`linib, har biri o`zini mustaqil davlat deb hisoblar edi. Xuroson taxtini 1469 yil Sulton Husayn Boyqaroegalladi, u Temurning 2-o`g`li Umarshayxning nabirasi edi. Boyqaroning 40 yillik hukmronlik davrida Xurosonda to`la osoyishtalik o`rnatilmagan bo`lsada, obodonchilik, xo`jalik va madaniyat ancha rivojlanishida Husayn Boyqaroning hukmronlik salohiyati hamda Alisher Navoiyning ham xizmati katta bo`ldi. Husayn Boyqaro 1506 y vafot etgach qo`shhokimiyatchilik vujudga kelib, uning 2 o`g`li - Badiuzzamon va Muzaffar Husayn bir vaqtda hukmdor deb e`lon qilindi, bu Xuroson davlatini to`la porakondalikka olib kelib, shayboniylar hujumi arafasida davlat kuchsiz edi. (rassom Behzod ishlagan miniaturada H.Boyqaro tasvirlangan).
Mavorounnahr Mirzo Ulug`bek vafot etgach boshlangan taxt uchun kurash oqibatida tanazzulga yuz tutdi. Mironshohning nabirasi Abu Said ibn Sulton Muhammad (1451-1469) kurashda g`alaba qozondi. U 1469 yil halok bo`lgach Movarounnahrni birin-ketin 2 o`g`ili: Sulton Ahmad va Sulton Mahmud, keyin nabiralari: Boysung`ur va Sulton Ali Mirzolar boshqargan.
Bobur Mirzo siyosiy kurash maydonida. XYI asr bo`sag`asida Temuriylar taxti uchun kurashga Temurning 3-o`g`li Mironshohning chevarasi Bobur Mirzo chiqdi, u 1483 yil 14 fevralda Andijon shahrida tug`ilgan, bolaligi Andijon va Axsi shaharlarida o`tgan. Bobur o`z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) saroyida egallagan. Umarshayx otasi Abu Said Mirzo davrida dastlab Kobul viloyatiga, so`ng Farg`ona viloyatiga hukmdor etib tayinlangan. Akasi Sulton Ahmad davrida Umarshayxga Toshkent va Sayram ham berilgan. O`zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx qo`l ostida faqat Farg`ona, Xo`jand va O`ratepa qolgan. Umarshayx Mirzo 1494 yil baxtsiz hodisa tufayli halok bo`lgach, hokimiyat 12 yoshili Bobur Mirzo qo`liga o`tdi. Bobur yosh bo`lgani uchun davlatni ishonchli beklardan Hojiqoziva onasi Qutlug` Nigorxonim yordamida boshqargan.
Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat og`irlashgan sharoitga to`g`ri keldi. Bu davrda Samarqandda - Boysung`ur, Toshkentda - Boburning tog`asi Sulton Mahmudxon, Hirotda - Husayn Boyqaro hukmronlik qilardi.