Sharqiy Dashti Qipchoqni Jo`jining 5-o`g`li Shaybon naslidan bo`lgan Abulxayrxon (1412-1468) egallab, 1428 yil davlatga asos soldi. Bu davlat "O`zbek ulusi" (XV asr 20-yillarida, o`zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. U dastlab temuriylarga rasman qaram bo`lgan Xorazmga hujm qiladi. Abulxayrxon 1446 yil Sirdaryo o`rta oqimida joylashgan Sig`noq, Oqqo`rg`on, Arquq, O`zgan va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Poytaxtini Turadan Sig`noqqa ko`chirdi. Bu temuriylarga qashi kurashga kirganligining tasdig`i edi.
Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon bu vaziyatdan foydalandi. 1451 yil undan yordam so`ragan temuriy Abu Saidga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon yordami evaziga katta o`ljalar bilan o`z yurtiga qaytadi. Abu Said Ulug`bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotnlikka beradi. Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashib Movarounnahrda borgan sari o`z nufuzining ortishiga erisha olgan. Abulxayrxon 1468 yil vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib ketdi.
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning nabirasi bo`lib, uning Shohbudog` Sulton ismli o`g`lining farzandi edi. Shohbudog`ning ikki o`g`li bo`lgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451 yil tug`ilgan. Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko`ra go`dakka 2 ta ism: 1) islomiy (arab). 2) turkiy ism qo`yish urf bo`lgan. Tug`ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o`zining ikkinchi nomi (Shayboniy) bilan mashhur bo`lgan. "Boburnoma"da Shayboniyning ismi Shoyboqxon deyilgan, bu nom "kuch-qudrat" degan ma`noni anglatadi.
Yosh etim qolgan Muhammad Shayboniyni otasiga otaliq qilgan amir Boyshayx tarbiyalagan; unga keyinchalik temuriy amirlardan bo`lgan Turkiston va O`tror hukmdori Muhammad Mazid Tarxon homiylik qildi. Shayboniy va ukasi Turkistonda uzoq yashamadi; keyin aka-uka Buxoroda yashab ilm-fan va sheriyatni o`rgandilar. Shayboniy balog`atga etgach ko`nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo`sh ura boshladi; u Dashti Qipchoqqa qaytib borib lashkar to`pladi.
Shayboniy bobosi davlatini tiklash yo`lida haraktni o`z qo`shini bilan temuriylarga yollanma qo`shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. Shayboniyning xizmatidan Mo`g`uliston, Movarounnahr, Xuroson hukmdorlari qo`shnilariga va ichki raqiblariga qarshi kurashda foydalanganlar. Shayboniy turli hukmdorlarga xizmat qilishi tufayli Temuriylar davlatidagi vaziyatni bilib oldi. Shayboniy XV asrning 80-yillarida bobosi Abulxayrxon davlatini qayta tikladi. Shayboyiy egallagan Sirdaryo bo`ylaridagi qo`rg`onlar Movarounnahrni istilo qilishida tayanch vazifasini o`tadi. (XVI asrda ishlangan miniaturada Muhammad Shayboniyxon tasvirlangan).
3-§. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi o`rnatilishi