I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


-§. O`zbek xonliklarining taraqqiyotdan orqada qolish sabablari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə69/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

41-§. O`zbek xonliklarining taraqqiyotdan orqada qolish sabablari


Jahon taraqqiyoti. G`arbiy Evropada sanoat ishlab chiqarishning etakchi tarmog`iga aylanib, XVI asr o`rtalaridan to`qimachilik, qog`oz, shisha ishlab chiqarida mehnat taqsimoti va qo`l hunari texnikasiga asoslangan korxona-manufaktura (lotincha- manus-qo`l, faktura-tayyorlash)lar vujudga keldi. XVIII asr 2-yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug` mashinasi (motor) ixtiro qilingach asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar vujudga keldi.
Bug` mashinasi bilan haraktlanuvchi parovoz, poroxod, cho`yan va po`lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temir yo`llar qurildi. Sanoatning rivojlanishida yirik boy tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manufakturadan orttirgan boyliklari sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida qo`yilishi muhim omil bo`ldi. Eng muhimi xo`jalik yuritish uchun zarur bo`lgan mashinalarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi va og`ir sanoat vujudga keldi.
Bu jarayon jahonda notekis bordi va o`zbek xonliklari ham taraqqiyotdan orqada qolib borishi haqida I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” (1998) asarida "bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yusalish darajalaridan tushib ketdi? Ajdodlarimiz qattiq qarshilik qilishiga qaramay, chor Rossiyasining o`lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o`rni bo`lmaganmikan?"- degan edi .
Qoloqlik sabablari. Butun mamlakat va aholining 3 ga bo`linib ketishi, xonliklar o`rtasidagi urushlar xonliklarni orqada qolishga mahkum etdi. Viloyat va tumanlarni, hatto butun mamlakatni har bir xonlik ichidagi hokimiyat uchun ichki kurash, o`zaro nizolar, boshboshdoqlik, ig`vo-fasod avj olishi xonavayron qilardi. O`zbek xonliklarida asrlar davomida o`zgarmay kelayotgan davlat idora usuli taraqqiyotga g`ov bo`lib qolgan edi.
Xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar, etnik nizolar tufayli yoki zo`rlik bilan urug`-qabila jamoalarini boshqa joylarga ko`chirilishi etnik guruhbozlikni keltirib chiqarib, aholini bir butun xalq bo`lishiga xalaqit berardi. Davlat va viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi; odamlarni, turkistonni, xalqni birlashtirish g`oyasi ostida uyushtira oladigan yo`lboshchi, siyosiy kuch topilmadi.
Xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit berayotgan eski ishlab chiqarish usulini himoya qilardi. Xonliklarning asosiy boyligi bo`lgan erga egalik qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o`zgarmasdan kelardi. Erning egasi xon edi, xonga alohida xizmat ko`rsatgani uchun bir hovuch kishilarga er hadya qilinardi. Dehqon erni avaylashdan, uning unumdorligi oshishidan manfaatdor emas edi, chunki erni ijaraga olib ishlovchi dehqon erning egasi emasdi, shuning uchun u boshqa joylarga ketaverardi.
Aholi og`ir soliqlardan, g`ayriqonuniy yig`im va majburiyatlardan azob chekardi. Turmush darajasi past bo`lib, aholi iste`mol uchun eng zarur bo`lgan tor doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan qanoatlanishga majbur edi. Ishlab chiqarish asosan iste`molga yo`naltirilgan bo`lib, iqtisodiyotning o`sishi uchun turtki bo`lolmasdi. Dehqonchilik nochor ahvolda bo`lib, erga ishlov berish eskicha-bir juft ho`kiz, so`qa-omoch darajasida qolib ketgan edi; sug`orish ishlariga ahamiyat pasayib, sug`oriladigan er maydonlari qisqarib borardi.
Xonliklarda sanoat ishlari rivojlantirilmadi. Rangli metallar, oltingugurt, marmar, toshko`mir, neft konlari mo`l bo`lsada, ularni izlab topish va tog`-kon ishlarini yo`lga qo`yishga e`tiborsizlik qilindi. O`lkada yirik daryolar bo`lsada baliqchilikni sanoat darajasiga ko`tarish, kemasozlikni yo`lga qo`yishga e`tibor berilmadi. O`zaro urushlar tufayli Xonliklarda tovar-pul munosabatlari rivojlanmadi, savdoda hamon mol ayirboshlash tarzi davom etardi, jahon bozoridan ajralib qoldi, xonliklar o`rtasida yagona ichki bozor ham tashkil topmadi.
Qoloqlik oqibatlari. Iqtisodiy va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik Markaziy Osiyoni bosib olishga intilayotgan davlatlarga qo`l keldi. A.Qodiriy “O`tgan kunlar” romanida Yusufbek hoji tilidan: “Maqsadlari juda ochiq, bittasi mingboshi bo`lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o`rniga o`tirmoqchi.. Shu holatda ketadigan bo`lsak podsho istibdodi Turkistonimizni egallar”- degan. I.Karimov “Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch” (2008) asarida: “Bu hayotning shafqatsiz qonuniyati bor, tarixning burilish pallasida har qanday millat va elat ahil bo`lmasa ozodligidan judo bo`lishi shubhasiz”- deb aytgan edi.




Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin