Boborahim Mashrab (1640-1711) Namanganda tug`ilgan isyonkor shoir, 7 yoshida savodi chiqqan, 15 yoshidan tasavvufni egallagan, 18 yil dunyoni kezgan. Mashrab asarlari to`plangan devon haqida manba topilmagan bo`lsada, undan "Devonai Mashrab", "Devoni Mashrab", "Eshoni Mashrab" nomli qo`lyozma va toshbosma shakldagi qissalari qolgan. Mashrab dinga shak keltirganlikda ayblanib 1711 yil g`animlarining ig`vosi bilan Balx hokimi Mahmudbiy Qatog`on tomonidan o`limga hukm etilgan.
*(Mashrab rasmini O`zbekiston xalq rassomi D.Imomov chizgan).
37-§. Tarixnavislik, san’at va me’morchilik
Tarixiy asarlar XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligida ko`plab yaratilgan. Abdulkarim Fazliy Namangoniy Umarxon topshirig`iga binoan 1822 yil 5000 baytdan iborat tarixiy"Umarnoma" dostonini. F.Namangoniyning "Majmuayi shoiron" tazkirasida uning ijtimoiy qarashlari o`z ifodasini topgan. Saroyda qoziaskar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Umarxon maslahati bilan "Shohnomayi nusratpayom" (G`alabadan xabar beruvchi shohnoma) tarixiy asarini yozgan.
Tarixchi Muhammad Hakimxon To`ra ibn Sayid Ma`sumxon (1802-1870) ona tomondan Norbo`tabekning nabirasi bo`lib, Muhammad Alixon davrida quvg`inga uchragan. Ma`sumxon Rossiya va Sharq mamlakatlariga sayohat qilib, umrining oxirida Shahrisabzda yashab, "Muntaxab ut-tavorix"(Saralangan tarixlar) asarini yozgan. "Muntaxab ut-tavorix" Buxoro, Qo`qon tarixiga doir muhim manba bo`lib, Markaziy Osiyo xalqlariga oid ma`lumotlar mavjud.
Tarixchi Mulla Niyoz Muhammad Ho`qandiy (1802-1872)dan "Tarixi Shohruhiy" asarini yozgan. Asarda 1872 yilgacha olim guvohi bo`lgan voqealarni bayon qiladi. Umarxon davridan 1872 yilgacha bo`lgan voqealar haqida Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro`zimuhammad o`g`li "Tarixi jahonomayi" asarini yozgan.
Toshkentlik Muhammad Solihning "Tarixi jadidayi Toshkand" (Toshkentning yangi tarixi) asari XV-XIX asrlar Turkiston, Toshkent, Qo`qon tarixi ilmiy nuqtai nazardan yozilgan qimmatli asardir. Tarixchi Mulla Ali qori Qunduziy 1822-1848 yillar tarixi haqida "Tavorixi manzuma" asarini yozgan. Shoira va tarixchi olima Dilshodi Barno "Tarixi muhojiran" (Muhojirlar tarixi), "Sabot ul-bashar ma tarixi muhojiron" (Inson matonati va muhojirlar tarixi) kabi tarixiy asarlar yozgan.