I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


-§. Qo`qon xonligida iqtisodiy hayot



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə58/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

34-§. Qo`qon xonligida iqtisodiy hayot


Sun`iy sug`orish mahoratini Qo`qon xonligida aholi mukammal egallagan edi, suvdan oqilona foydalanardi. Xonlikda asosiy qishloq xo`jaligi ekini bug`doy edi. Shuningdek meva, sabzovot, poliz ekinlarining barcha turi etishtirilgan. Chorvachilikda makkajo`xori va beda etakchi o`rinda turgan. Xonlikda paxtachilik alohida o`rin egallagan. Farg`ona vodiysida ko`pchilik dehqonlar paxtakor bo`lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Paxta ekin maydonlarining yanada kengayishiga Rossiyaning Markaziy Osiyodan, avvalo Qo`qondan paxta sotib ola boshlashi sabab bo`ldi. Qo`qon savdogarlari Rossiyaga serqatnov bo`lib qolishining sababi paxta savdosiga boj bekor qilinishi edi.
Er egaligining: 1) Amlok erlari. 2) Xususiy mulk erlari. 3) Vaqf erlari kabi shakllari mavjud bo`lgan. Xonlikdagi butun er davlatniki bo`lib, xususiy er egalari erga emas, erdan olinadigan mahsulotga va shu erda qurilgan imoratlarga egalik qilgan. Mulklarning ko`pchiligi 30-60 sotix bo`lgan. Erlar ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon erlarida ham mehnat qilar edi. Xon erlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar soni 10 mingga etardi, ular mardikor deb atalardi. Chorikorlar - xususiy erlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi ersiz, ot-ulovsiz tabaqa. Korandalar - hosilning 1/4dan ½ qismigacha erlarni ijaraga olib, o`z mehnat qurollari bilan yollanib ishlovchilar.
Soliq va majburiyatlar. Asosiy soliq – xiroj, ekin turi va ekin ekiladigan er maydoniga qarab, hosilning 1/3-1/5 qismigacha belgilanar edi. Ko`chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning turi ko`p bo`lib, asosiylari "qo`ra boshi", "tutun haqi", "yig`im soliq" deb atalgan. Ko`chmanchi chorvadorlardan "Qo`ra boshi" zakoti moli boshiga va qo`rasiga qarab qishda mollar qo`ralarda turganda yig`ib olingan. "Tutun haqi" zakoti bahorda yangi o`tloqlarga ko`chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo`y bilan olinadigan soliq (zakot).
"Yig`im soliq"- zakot to`lamaydigan boylar va ularning qarindoshlari bekka beradigan 9 buyumdan iborat in`omlari yig`imi. Mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to`lar edi. Chunki hamma qo`riq erlar, chakalakzorlar, to`qaylar, daraxtzorlar, ko`llar, yaylovlar xonning ixtiyorida edi. Aholi qal`a devorlarini ta`mirlash, istehkomlar qurish, kanallar qazish, ariqlarni tozalash, yo`l qurilishiga safarbar etilardi.
Hunarmandchilikning Qo`qon xonligida: miskar, zargar, o`ymakor, kulol, qog`ozgar, to`qimachi, do`ppi tikuvchi, kashtachi, ko`priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, boxmalbof, bo`yrachi, dorikash, devorzan, degrez, ko`nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po`stindo`z, taqachi, paranjido`z, chevar, gilamchi kabi turlari bo`lgan. Oltin ma`dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog` shimolidagi Ko`krev daryosidan, Chirchiq va Chotqol daryolari bo`ylaridan olingan. Samarqanddagi kabi qog`oz juvozxonasi Qo`qon shahrining Mo`yi muborak darvozasi orqasida maqbara yonida joylashgan.
Savdo. Qo`qon shahrida yakshanba va chorshanba kunlari bozor bo`lgan. Qo`qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva xonliklari, Qashg`ar, Hindiston, Afg`oniston, Eron va ayniqsa Rossiya bilan savdo qilish katta o`rinni egallagan. Qoshg`ar bilan olib borilgan savdo faqat Qo`qon orqali bo`lar edi. Qo`qondan Qashg`argacha yuklangan ot karvoni 14-20 kun yo`l yurib, Qashg`arga temir, qizil charm, ipak va ipdan to`qilgan matolar, oltin olib borilgan. Qo`qon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Qashg`ar, Buxoro, Afg`oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar ayirboshlanardi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin