I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Amir Nasrullo istilosidan keyin siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə57/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Amir Nasrullo istilosidan keyin siyosiy ahvol. Nasrulloning Qo`qondagi noibi Ibrohim dodxoh aholini Qo`qondagi soliqlarga qo`shimcha Buxoroda joriy qilingan soliqlarni ham to`lashga majbur qilishi natijasida 1842 yil qo`zg`olon ko`tarilib, qipchoqlar yordamida Nasrulloning Qo`qondagi hukmronligi tugatildi.
Qo`qonning mustaqilligi tiklangach. taxtga Norbo`tabiyning ukasi Hojibekning o`g`li Sheralixon (1842-1845) o`tirdi. Qo`qonliklarga yordam bergan qipchoqlar yo`lboshchisi Musulmonqul mingboshi lavozimni egalladi. Nasrullo yana yurish qilib Qo`qonni 40 kun qamal qildi, biroq Xiva xoni Olloqulixonning Buxoroga hujumi tufayli Buxoroga qaytishga majbur bo`ldi.
SHerolixon davrida soliq undirish kuchayishi aholining noroziligini keltirib chiqardi. Muhim lavozimlarni egallab olgan qipchoqlar davlat ishlarida o`z hukmronligini o`tkazishga; o`zbek, qirg`iz va tojiklarning ta`sirini kamaytirishga urindilar. Qo`qonga ko`plab qipchoqlar ko`chib kelib mahalliy aholining uy-joyini, mol-mulkini ola boshlagach qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaydi. Musulmonqul 1845 yil soliqlarning og`irligidan O`shda ko`tarilgan qo`zg`ollonni bostirish uchun yuborildi. Isfara hokimi 1845 yil Samarqandda yashayotgan Olimxonning o`g`li Murodxonni olib kelib taxtga o`tqazadi va Sheralixon o`ldiriladi.
Musulmonqul Namanganga kelib qizini Sheralining o`g`li Namangan hokimi 13 yoshli Xudoyorga nikohlab berib, Murdxonni qatl ettirdi. Musulmonqul kuyovi Xudoyorni Xon (1845) qilgach, qipchoqlar hukmronligi boshlanib, qipchoqlar Qo`qonga yoppasiga ko`chib kelib mahalliy aholini haydab chiqardi va uylariga o`rnashib oldi. Davlat boshqaruvi Musulmonqulning qo`lida edi. Qipchoqlar sug`orish inshootlarini egallashi va mahalliy aholi suv uchun soliq to`lay boshlashi mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo`ldi. Qo`zg`olon xavfi tug`ilgach Musulmonqul rus qo`mondonligi vakili Velьyaminov-Zernov bilan maxfiy uchrashdi. Xudoyorxon bundan cho`chib qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga barham berishga qaror qildi. Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo`shin bilan 1852 yil 9 oktyabrda qipchoqlar qirg`inini uyushtirdi. Musulmonqul qatl etildi, qipchoqlar mulki musodara qilinib, aholiga sotildi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin