I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə54/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Davlat tizimi va boshqvruviga ko`ra Qo`qon xonligi mutlaq monarxiya bo`lib, davlat boshlig`i Xon edi, u rasman cheklanmagan huquqqa ega bo`lgan. Xon davlatni hukmron qabila, ruhoniylar, boshqa qabilalarning hukmron tabaqalari, davlat boshqaruvi amaldorlari va harbiylarga tayanib boshqargan. Mulla Olim Mahdumxo`ja Toshkandiyning 1915 yil Toshkentda nashr etilgan "Tarixi Turkiston " asarida Qo`qon xonligidagi mansablarga ta`rif bergan. Bu kitobga ko`ra Xondan keyingi o`rinda mingboshi turgan, u bosh vazir va qo`shinning bosh qo`mondoni sanalgan.
Qo`shbegi xonning maslahatchisi bo`lgan, ayni paytda katta shaharlardan biriga hokim etib tayinlangan. Toshkent shahrini ma`lum bir vaqtda qo`shbegi boshqargan. Parvonachi mansabi ham o`z nufuzi jihatidan qo`shbegi vakolatiga teng bo`lgan. Qo`qonda yana xon yotog`i posbonboshisi, tunqator (xon topshiriqlarini tunda bajaruvchi), otaliq, dodxoh, bakovulboshi, daftardor kabi mansablar ham joriy etilgan. Islom shariati qoidalarining amal qilishiga ma`sul bo`lgan katta nufuzga ega bo`lgan: shayxulislom, qozikalon, qozi, muftiy lavozimlari ham bo`lgan, bu mansablarga faqat ulamolar vakillari tayinlangan.
Ma`muriy-hududiy jihatdan Qo`qon xonligi viloyatlarga (15 ta), beklik va oqsoqolliklarga bo`lingan.
* Bakovulboshi – saroy dasturxonchilari boshlig`i, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o`zi tatib ko`ruvchi bosh oshpaz. Daftardor - xonning shaxsiy daramodi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor.
*Farg`onada o`zbeklarning ming urug`i 1709 yil Qo`qon xonligiga asos soldi.


32-§. Toshkent (XVIII asr ikkinchi yarmi - XIX asr boshlarida)
Toshkent hokimligi tashkil topishi. XVIII asr 2-yarmida Toshkent 4 qismga: Shayxontohur, Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor dahalariga bo`lingan davr Toshkent tarixida 4 hokimlik deb nom olgan. Shahar hokimlarining o`zaro kurashida Yunusxoja g`olib chiqdi va butun shaharga hokim bo`ldi. Yunusxojaga "Hazrati eshon" unvoni berilgan, u Xon deb ham yuritilgan. Yunusxoja huzurida tuzilgan Xon kengashiga 4 daha mingboshilari kiritilgan, kengashda Yunusxoja hokim etib tayinlandi.
1784 yil yagona siyosiy hokimiyatning vujudga kelishi natijasida 4 hokimlik tugatilib mustaqil Toshkent hokimligi tashkil topdi. Anhorning o`ng tomonida devor bilan o`ralgan O`rda - davlat mahkamasi qurilgan, unda xon qarorgohi, devonxona, zarbxona joylashgan. O`rdani harbiy qism qo`riqlagan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin