I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


-§. O`zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə65/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

39-§. O`zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari


Savdo aloqalari. Rus va Markaziy Osiyo savdogarlari uzoq zamonlarda Volgabo`yi orqali savdo qilishgan. XVI asrda yirik davlatlar dunyoni bo`lib ola boshlagan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etgach Rossiya va o`zbek xonliklari bir-biriga qo`shni bo`lib qoladi, bu hodisa Rossiya va o`zbek xonliklari munosabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratdi. Markaziy Osiyoning savdo-hunarmandchilik doiralari Rossiya bilan savdoni rivojlantirdi, chunki Rossiyada ipak, paxtadan to`qilgan matolarga talab katta edi. Rossiyaning movut, temir, mis, mo`yna, charm va boshqa mollari Markaziy Osiyoda xaridorgir edi.
XVII asrda elchilik munosabatlari. Buxoro xoni Imomqulixonning elchisi Odambiy 1619 yil Moskvaga boradi va podsho Mixail Romonov qabulida bo`ladi. M.Romonov Odambiy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni yuboradi. Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi, rus podshosi iltimosiga binoan o`z saroyidagi 23 nafar rus asirlarini ozod qiladi. I.Xoxlov Buxoroda 1620-1622 yyil bo`lib, Buxoroning ichki va tashqi siyosati haqida ma`lumotlar to`playdi. U qimmatli sovg`alar bilan Moskvaga kuzatiladi. XVI-XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12 marta elchilar kelishgan. Moskvada Buxoro elchilari 1583-1600 yillarda 5 marta, Xiva elchilari 2 marta bo`lishgan.
Rossiya imperiyasi tazyiqi kuchayishi. XVIII asrdan Rossiyaning o`zbek xonliklari bilan munosabatlarida tazyiq o`tkazish ustunlik qila boshlaydi. Rossiyaning savdo aloqalarida kamsitish siyosatining boshlanganligi, tabiiy boyliklarga ko`z olaytirish, strategik maqsadlarni ro`yobga chiqarish kayfiyati ustun bo`la boshladi. Pyotr I Xiva va Buxoro xonliklari siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas, deb hisoblab tazyiq o`tkaza boshladi. Xonliklardagi ichki siyosiy ahvol hamda 1700 yil Shohniyoz, 1709 yil taxt vorisi Muhammad Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so`rashi Pyotr I amalda xonliklarga tazyiq o`tkaza boshlashiga qulay sharoit yaratib bergan edi. Pyotr I Xiva xoniga jo`natgan yorlig`ida: “Shohona muruvvat ko`rsatib, xonning jamiki narsalari bilan birga, abadiy tobeligimizga olamiz” deb yozilgan edi. Pyotr I ning niyati amalga oshmay qolishiga Xivada boshlangan ichki urushlar va Rossiyaning "Shimoliy urush" bilan bandligi sabab bo`ldi.
Amudaryo sohilidagi qumlar oltinga boyligini Xiva elchisi Xoja Nafas 1713 yil Astraxanga kelganda rus ma`murlariga, Sankt-Peterburgga borgach podsho Pyotr I ga aytadi. Pyotr I o`zbek xonliklariga kirib borish rejasini tuzib, 2 ta harbiy ekspedisiya: 1) Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida; 2) kapitan Ivan Buxgolьs rahbarligida tashkil etadi.
Bekovich-Cherkasskiy harbiy ekspedisiyasi katta qo`shin bilan 1717 yil Xiva xonligi hududiga etib keladi, harbiy to`qnashuvlar bo`ladi, Sherg`ozixon B.Cherkasskiyni qabul qiladi va qirib tashlaydi. Pyotr I uyushtirgan ekspedisiyaning halokati Xiva-Rossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi. Buxgolьs ekspedisiyasi 1715 yil Toboldan Irtish bo`ylab YOrkentga yo`l oladi, Yamishchev ko`lida bo`lib, u erda istehkom quradi. Buxgols guruhi qalmoqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo`ladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin