I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə61/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Fazliy Namangoniy Umarxon amri bilan 1821 yil 63 shoirning she`rlarini o`z ichiga olgan "Majmuayi shoiron" to`plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o`zbek, fors-tojik tilidagi g`azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she`rlar to`plangan devon yaratilgan.
Maxmur (Mahmud, XVIII asr oxiri-1844) Qo`qondagi Madrasai Mirda o`qigan, keyin qo`shinda sipohilik qilgan. Maxmurning hajviy she`rlar devonida 69 asar (3717 misra) jamlangan. Maxmur ijtimoiy hajviyani yuksak pog`onaga ko`taradi, hajviy asarlarida xalqqa jabr etkazgan amaldorlarni tanqid qiladi. "Hapalak" she`rida Hapalak qishlog`idagi manzarani aks ettirsada, aslida butun xonlikdagi manzarani ifoda etadi.
Gulxaniy (Muhammad Sharif) 1770 yil Tojikistonning Tavildara tumanida tug`ilib, boshlang`ich ta`limni qishlog`ida olgan, u muhtojlik tufayli Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Qo`qonda yashab hammomda go`lax (o`t yoquvchi) bo`lib ishlagani uchun "Gulxaniy" taxallusi bilan ijod qilgan. Gulxaniy o`zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida 1-bo`lib kiritgan. Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarida axloqiy-ta`limiy ahamiyatga ega "Maymun va Najjor", "Tuya bilan Bo`taloq", "Toshbaqa bilan Chayon" kabi masallar o`rin olgan. Asardagi Yapoloqqush va Boyo`g`li, Ko`rqush va Hudhud, Kulonkir sulton va Malik shohinlar obrazi orqali jamiyatdagi illatlarni, hukmron tabaqalarning xalqqa zulmini, xalqning og`ir turmushini ochib bergan.
Uvaysiy, Jahon otin (1779-1845) Marg`ilonda ma`rifatli oilada tug`ilgan, otasi o`zbek va tojik tilida ijod qilgan; oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi. Umarxon Marg`ilon hokimi bo`lib turgan yillarda (1806-1807) Uvaysiy el orasida shoira sifatida tanilgan edi. Uning iste`dodi Nodirani rom etgan. Umarxon taxtga o`tirgach, Uvaysiy Qo`qonga taklif etilgan, u yoshlarga murabbiylik qilgan. Uvaysiydan 4 ta lirik devon, 3 doston meros bo`lib qolgan.
Nodira, Mohlaroyim (1792-1842) Andijonda tug`ilgan, otasi Andijon hokimi Rahmonqulibiy bo`lib, Olimxonning tog`asi edi. Umarxon Marg`ilonga hokim etib tayinlangach Nodiraga uylangan. Mohlaroyim o`zbek va tojik tillarida Nodira taxallusida 180 she`r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g`azal, Maknuna taxallusida 333 g`azaldan iborat devon yozgan. Nodira she`riyati asosini lirika tashkil etib, undan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qolgan. Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g`azallariga muxammaslar yozgan. (Nodira o`z davrda ishlangan miniaturada tasvilangan)

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin