I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Markaziy Osiyo xonliklarining Afg`oniston bilan aloqalari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə64/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Markaziy Osiyo xonliklarining Afg`oniston bilan aloqalari. O`rta Osiyo davlatlarining eng yaqin qo`shnisi 1747 yil tashkil topgan mustaqil Afg`oniston davlati edi. Buxoro va Afg`oniston o`rtasidagi munosabatlar do`stona ruhda bo`lmagan, bunga ikki davlat ham Amudaryo janubidagi o`zbeklarni o`z tasarrufida tutushga urinishi sabab bo`lgan. Amudaryo janubidagi o`zbeklarning erlarini bosib olish uchun 1751 yil Afg`oniston hukmdori Ahmadshoh (1747-1773) qo`shin yuboradi. Amudaryo janubidagi kichik o`zbek bekliklari o`zaro urushlar tufayli zaiflashib Afg`oniston vassaliga aylanib qolgan; Balxni afg`on garnizoni egallaydi va Ahmadshohning noibi boshqaradi.
Mahalliy o`zbeklar 1768 yil afg`onlar zulmiga qarshi qo`zg`olon ko`targan, qo`zg`olonchilarni Buxoro qo`llab-quvvatlaydi; Ahmadshohning o`zi kelib qo`zg`olonni bostiradi. Afg`onlar zulmiga qarshi o`zbeklar 1789 yil yana qo`zg`olon ko`taradi, Buxoro yana qo`zg`olonchilarga amaliy yordam ko`rsatadi. Afg`oniston hukmdori Temurshoh (1773-1793) Balxga qo`shin tortadi, biroq Buxoroga qarshi yurishga yuragi dov bermay sulh tuzadi. Temurshoh Buxoro bilan shartnomaga tuzishga majbur bo`ldi, shartnomaga ko`ra Amudaryo har ikki davlat o`rtasidagi chegara deb tan olindi. Buxoro-Hindiston savdo aloqalarida Kobul shahri alohida o`rin tutgan. Afg`onistonga Rossiya tovarlari Buxoro orqali olib borilgan.
Qo`qon va Xitoy munosabatlari do`stona emas edi: 1) Sin imperiyasi 1755-1759 yyil Sharqiy Turkistonni bo`ysundirib Qo`qonni kuchsizlantirishga urinardi; 2) Qo`qon xonligi Sharqiy Turkistonda o`z hokimiyatini o`rnatishga intilib, chegarasini kengaytirayotgan edi. Ayniqsa XIX asr 20-yillarida Qo`qon-Xitoy munosabatlari yanada keskinlashuviga sharqiy turkistonliklarning Jahongirxo`ja boshchiligida 1825 yil Sin imperiyasiga qarshi milliy ozodlik kurashiga Qo`qon xon Muhammad Alixonning aralashuvi sabab bo`ldi.
Xitoy 1829 yil Qo`qonning Sharqiy Turkistonda savdo qilishini taqiqladi, markaziy osiyolik savdogarlarni haydab, mulklarini musodara qildi. Qo`qon xoni M.Alixon bunga javoban sharqiy turkistonliklarning Xitoyga qarshi ozodlik kurashi rahbari Jahongirxo`ja va uning ukasi Yusufxo`ja ixtiyoriga Haqquli boshchiligida qo`shin jo`natdi. Yusufxo`ja Qashg`arni egallab, Yorkentni egallash uchun harbiy harakatni davom ettiradi, Xitoy hukumati tashvishga tushib Yusufxo`jaga qarshi katta qo`shin yuboradi. Qo`zg`olonchilar safida birlik yo`qligi hamda Qo`qon-Buxoro munosabatlari yomonlashib Qo`qon o`z qo`shinini chaqirib olishi tufayli Yusufxo`ja mag`lubiyatga uchraydi. Yusufxo`ja engilgach Sharqiy Turkistonni tashlab chiqib Farg`ona vodiysiga keladi, u bilan 70 ming uyg`ur oilasi ham ko`chib keladi.
Qo`qon o`z chegaralarini Sharqiy Turkiston tomon kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Sin imperiyasi moliyaviy qiyinchilik tufayli Qo`qonga qarshi ochiq urush olib borishga qodir emas edi. Xitoy-Qo`qon shartnomasi 1832 yil Pekinda imzolangan, unga ko`ra Qo`qon Jahongirxo`ja avlodlarini Sharqiy Turkistonga o`tkazmaslik majburiyatini olgan. Shartnomaga ko`ra Xitoy Sharqiy Turkistonda qo`qonlik savdogarlarga huquqlar bergan: 1) ular faoliyatini taqiqlashni bekor qilgan. 2) boj to`lamasdan savdo qilish huquqi berilgan. 3) ulardan tortib olingan mol-mulklari evaziga Qo`qon xoniga tovon to`lagan. 4) o`rta osiyolik savdogarlar to`laydigan to`lovlarni olish huquqi Qo`qon xonligiga berilgan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin