I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


§. XIX asr birinchi yarmida Markziy Osiyo uchun Buyuk Britanya



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə67/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

40 §. XIX asr birinchi yarmida Markziy Osiyo uchun Buyuk Britanya
- Rossiya raqobatchiligi


Raqobat sabablari. XIX asr birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya o`rtasida Buxoro, Xiva, Qo`qon xonliklari hududlari uchun raqobat kuchayib, keskinlashib ketdi. Raqobatchilik kuchayishiga sabab: 1) Markaziy Osiyo hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo`lishga intilishlari. 2) mollarini sotish va daromad olish uchun Markaziy Osiyo bozorlarini egallash istagi. 3) Markaziy Osiyoning boy xomashyo manbalarigaga ega bo`lishga urinishi edi. Bu omillar dunyodagi ikki yirik mustamlakachi davlatlar manfaatlarining to`qnashuviga olib keldi.
Inglizlar Hindistonda o`rnashib, Ost-Indiya (Sharqiy Hindiston) kompaniyasi orqali Markaziy Osiyo tomon siljishga urindilar. Ularning maqsadi Rossiyaning o`zbek xonliklaridagi ta`sirini yo`qqa chiqarish va xonliklarni o`z ta`sir doirasiga olishdan iborat edi. Buyuk Britaniya xonliklarning ichki va tashqi ahvolini, ularni bog`lab turgan yo`llarni aniqlash, xonlar bilan aloqa o`rnatish maqsadida o`zbek xonliklariga maxsus ekspedisiyalar yubora boshladi. Ekspedisiyalar zimmasigaga mahalliy nufuzli kuchlar bilan aloqa o`rnatish vazifasi ham yuklatilar edi.
Ingliz ekspedisiyasi U.Murkroft boshchiligidagi 1825 yil fevralda Buxoroga etib keldi. Ekspedisiya tarkibida 70 ta kishi bo`lib, ular olib kelgan 80 sandiq turli xil mollar Buxoro qushbegisiga ko`rsatilgan. Inglizlar Buxoroni o`rganishga, mahalliy hukmdorlar orasida inglizlarga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo`lgan edi.
Rossiya inglizlarning Buxorodagi harakatidan tashvishlanib, o`z noroziligini Buxoro amiri Haydarga bildiradi. Rossiya hukmron doiralarida borgan sari Markaziy Osiyoni bosib olish kayfiyati kuchayib bordi. Rossiya 1826 yil polkovnik F.Berg boshchiligida Ustyurtga ekspedisiya yuborib Markaziy Osiyoga boradigan yo`llarni yanada aniqroq belgilab oldi.
Inglizlarning 1831 yil Markaziy Osiyoga 2-marta elchiligiga leytenant Aleksandr Byorns boshchilik qilgan. Byorns qo`lida hind va afg`on savdogarlarining tavsiyanomalari bo`lib, u 1832 yil Buxoroga kirib kelib o`zini arman savdogari deb tanitadi va Buxoro qo`shbegisi bilan aloqa bog`laydi. Buyuk Britaniya Hindiston bilan Markaziy Osiyo o`rtasida savdo aloqalarining kengayishiga o`zining xonliklardagi ta`sirini qaror toptirishning asosiy yo`li deb qarar edi, shuning uchun Angliya hind savdogarlarining o`zbek xonliklari bilan savdo qilishiga yordam berdi. Inglizlar hind savdogarlariga qarz va ingliz mollarini berib turdi, ingliz mollari Markaziy Osiyoda Rossiya mollari narxidan arzon sotilar edi. Byorns katta razvedka ma`lumotlari to`pladi, uning missiyasi Markaziy Osiyoda ingliz savdosining rivojlanishiga yordam berdi.
Buyuk Britaniya 1839 yil Afg`onistonga harbiy harakat boshlaganida Rossiya-Buyuk Britaniya munosabatlari yanada keskinlashgan. Chunki Afg`oniston bosib olinsa navbat Markaziy Osiyoga kelishi mumkin edi. Hirotda 1839 yil o`z qarorgohini tashkil qilgan ingliz razvedkasidan kapitanlar J.Ebbot, Ch.Stoddort, Konolli, R.Shekspirlar o`zbek xonliklariga kelib ma`lumotlar to`pladi. Rossiya bundan tashvishga tushib 1839 yil Orenburg gubernatori Perovskiy boshchiligida Xivaga birinchi harbiy yurish boshladi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin