BUYUK IPAK YO'LINING SHAKLLANISH TARIXI Reja:
1.Ipak va ipakchilik tarixidan 2.Buyuk ipak yo`lining paydo bo`lishi va rivojlanishi 3 Buyuk ipak yo`lining tarmoqlari 4. Buyuk ipak yo`lining O`rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan o`rni. Qadimgi xalqlarning turli tomonlama rivojlanishida savdo va tranzit yo`llarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O`rta Osiyoning ko`pgina hududlari qadimgi aholi tomonidan o`zlashtirib bo`lingan edi. Cho`l va dasht hududlardagi ko`chmanchi chorvador aholi vohalardagi o`troq aholi bilan o`zaro aloqalarni bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar. Tarixiy adabiyotlardan ma`lum bo`lishicha, Buyuk ipak yo`li tashkil topmasdan ancha ilgariyoq Qadimgi Sharq va O`rta Osiyo hududlarida o`zaro almashinuv yo`llari mavjud edi.
Bronza davridagi (mil. avv. III—II ming yilliklar) ana shunday yo`llardan biri «Lojuvard yo`li» deb atalib, uning bir tarmoQi Badaxshon, Baqtriya va MarQiyona hududlarini Xorazm, So`Qd, Markaziy QozoQiston va Ural bilan boQlagan. Yana bir tarmoQi esa, Baqtriya va MarQiyonani Mesopotamiya bilan boQlagan. Bu yo`l Pomir toQlaridan boshlanib, Eron, Old Osiyo, Misr orqali o`tgan. Badaxshon Lojuvardining O`ind vodiysi, Mesopotamiya va Misrdan topilishi bu qimmatbaho toshning Qadimgi Sharqda nihoyatda qadrlanganligidan dalolat beradi.
Qadimgi yo`llardan yana biri, Eron ahmoniylarining yo`li bo`lib, bu yo`lning bir tarmoQi mil. avv. VI—IV asrlarda kichik Osiyo shaharlarini hamda O`rta Yer dengizi bo`yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan boQlagan bo`lsa, yana bir tarmoQi Erong`Baqtriya orqali So`Qdiyona, Toshkent vohasi va QozoQiston hududlaridan o`tib Oltoygacha borgan. Tarixiy adabiyotlarda bu yo`l «shoh yo`li» deb ataladi.
Mil. avv. 138 yilda Xitoy imperatori Ug`Di Chjan Syanni O`rta Osiyo yerlariga jo`natadi. Elchi Chjan Syan (mil. avv. 138g`126 yillarda) Xitoyning xunnlarga qarshi kurashi uchun ittifoqchi izlab kelgan edi. Mil. avv. IIg`I asrlarga kelib, Chjan Syan yurgan yo`llarda Xitoyni O`rta va o`arbiy Osiyo bilan boQlayigan karvon yo`li paydo bo`ladi. Bu yo`l Buyuk ipak yo`li deb atalib, umumiy uzunligi 12 000 km dan iborat edi. Ilk o`rta asrlarga kelib, Ipak yo`lining yanada rivojlanganligini kuzatish mumkin. O`z davrida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lgan bu yo`lning dastlabki tarmoQi Xitoydagi Sian shahridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O`rta Yer dengizigacha cho`zilgan.
Buyuk ipak yo`lining tarmoqlari
Xitoyning Anosi shahriga kelib, Ipak yo`li bir necha tarmoqlarga bo`linib ketgan. Xususan bir tarmoq Anosig`Xamig`QoshQar orqali Qo`qonga, undan esa Toshkentga o`tgan. Bu yerdan Jizzax va Samarqand orqali Buxoroga kelgan yo`l Urganch orqali Guryevga, u yerdan Oqsaroy orqali Qora dengiz bo`ylariga chiqqan. Yana bir tarmoq esa Dunxuan orqali Xo`tanga, undan Loxurga o`tib ketgan.
Undan tashqari Buxoroga kelib, bu tarmoq ikkiga bo`lingan. Janubiy yo`nalish Buxorog`Qarshig`Termiz orqali Nishopurga o`tgan va O`irot orqali O`indistonga o`tib ketgan. Nishopurdagi tarmoqlardan biri Tehrong`Qazving`O`amadong`BoQdodg`Palmira yo`nalishi bo`ylab O`rta Yer dengizi bo`yidagi Tir shahrigacha cho`zilgan. Umuman olganda Ipak yo`lining janubiy tarmoQi O`zgan orqali O`shga o`tib, Quva — MarQilong`Qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoroga o`tgan. Shimoliy yo`nalishi esa, Xazar xoqonligi va BulQor davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan. Ipak yo`lining asosiy karvon yo`llaridan tashqari ichki savdo yo`llari ham mavjud edi.
Buyuk ipak yo`lining ahamiyati
O`rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo`li bilan uzviy boQliqdir. Xususan, mil. avv. II asrdan boshlab Xitoy va O`rta Osiyo tarixiyg`madaniy viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. FarQona, So`Qd va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yo`li rivojlanib borgan sari savdog`sotiq va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib (Ig`VI asrlar), O`rta Osiyo orqali o`tuvchi Ipak yo`li tarmoqlari nazoratini mahalliy so`Qdiy aholi qo`lga oladilar. Qo`shni davlatlar ham Ipak yo`lidan manfaatdor bo`lganligi sababli ilk o`rta asrlarda Eron va Vizantiya hukmdorlari so`Qdiylar bilan qonli kurashlar olib bordilar.
Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilQor madaniyatli davlatlari asosan to`rttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga bo`linar edi. o`arbda Britan orollaridan sharqda Tinch okeani sohillarigacha cho`zilgan bu zabardast saltanatlar insoniyat tarixida birinchi bo`lib «Buyuk ipak yo`li» deb nomlanuvchi yo`l bilan boQlandilar. Ipak yo`li rivojlanib borgan sari podsholarning o`zaro elchilar yuborishlari, birg`birlariga har xil sovQalar in`om etishlari an`anaga aylandi. Savdog`sotiq misli ko`rilmagan darajada rivojlanib bordi. Shuningdek, Sharq bilan o`arb madaniyatining birg`biriga ta`siri kuchaydi. Davlatlar rivojlanishidagi ko`plab madaniy o`xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.
Buyuk ipak yo`li bo`ylab ko`plab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu yo`ldan borayotgan savdogarlar ko`pincha yo`lning oxirigacha bormas edilar. O`rta Osiyo viloyatlari bu yo`lning o`rtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm, Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda o`z mollarini sotib, mahalliy mahsulotlarni xarid qilar edilar. O`rta asrlar O`rta Osiyo bozorlarida chetdan keltirilgan ko`plab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda ipak yo`li ustidagi ko`hna shaharlar va manzilgohlardagi arxeologik qazishmalar natijasida topilayotgan topilmalar fikrimizning dalilidir.
Mil. avv. II asrda paydo bo`lib, milodning XVI asriga qadar faoliyat ko`rsatgan Buyuk ipak yo`li shu davr ichida Sharq va o`arb xalqlarining keng miqyosidagi o`zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yo`l orqali aloqalar qilgan qadimgi xalqlarning o`zaro hamkorlik, almashinuv va madaniyatlarining boyib borishi, tinchlik va taraqqiyot uchun asos bo`lib xizmat qildi. O`zbekiston hududlari bu yo`lning chorrahasida joylashgan bo`lib, bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va me`morlar tashrif buyurganlar.
YUNESKO tomonidan «Buyuk ipak yo`lig`muloqot yo`li» dasturining ishlab chiqilishi Yevrosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar ilmiy madaniy faoliyati uchun yo`nalish bo`ldi. Respublikamiz hududlarida ham ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida ko`pgina tarixiyg`madaniy obidalar o`rganildi, qadimgi yo`llar va yo`nalishlar aniqlandi, milliy va ma`naviy boyligimiz hamda an`analarimiz o`rganildi. Juda ko`pchilik tadqiqotchilar ishtirok etayotgan «Buyuk ipak yo`lig`muloqot yo`li» dasturining asosiy vazifasi Sharq va o`arb xalqlari o`rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatgan hamda rivojlantirgan bu yo`lni xalqlarning birodarlik, o`zaro hamkorlik va samimiy muloqot yo`liga aylantirishdan iboratdir.