I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Xonliklar va Rossiya munosabatlari keskinlashuvi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə68/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Xonliklar va Rossiya munosabatlari keskinlashuvi. Rossiya o`z ta`sirini mustahkamlash uchun 1847 yil xonliklarga boradigan yo`lda 2 ta istehkom: 1) Aralsk shahri (Sirdaryo) yaqinida Raim istehkomi. 2) Ettisuv Olatog`idagi Kopol istehkomi qurdirdi. Bu Rossiya-Markaziy Osiyo munosabatlari keskinlashuviga sabab bo`ldi. Bu istehkomlar qurilishi Rossiya siyosatida harbiy yo`l bilan O`rta Osiyoni ishg`ol etishning burulish ro`y berganligining isboti edi.
Xiva xoni Orenburgga va 1847 yil Peterburgga podsho huzuriga o`z vakilini yuborib do`stona yashashni va Raim istehkomini buzib tashlashni iltimos qilgan; biroq ko`zlangan maqsadga erisha olmadi. Xivaning qurol kuchi bilan istehkomni yo`q qilish yo`lidagi urinishlari natija bermadi, chunki rus garnizoni yaxshi qurollangan edi.
Qo`qon-Rossiya munosabatlari ham keskinlashib Xudoyorxon Nikolay I ga elchi yuborib Qo`qonda jamoat tartibi tiklanganligini, savdo yo`llari yaxshi qo`riqlanayotganligini, rus savdogarlari uchun xavf yo`qligini, ayni paytda Raim istehkomi qurilganidan norozi ekanini ma`lum qiladi. Nikolay I javob maktubida Qo`qonda tartib o`rnatilganidan mamnunligini bildirib, istehkom Rossiya hududida qurilganligi va bu hududda tinchlikni, savdo karvonlari osoyishtaligini ta`minlashga xizmat qiladi, deb Raim istehkomi buzulmasligini "asoslagan" edi. Rossiya-Qo`qon munosabatlari Qo`qon qal`asi bo`lgan Oqmasjidni Rossiya bosib olishi ma`lum bo`lgach yanada keskinlashdi.
Markaziy Osiyo xonliklari Rossiyaga qarshi kurashda Buyuk Britaniyaga suyanishi mumkin bo`lgan ehtimol o`zini oqlamadi. Angliya Afg`onistonda mag`lubiyatga uchragach Rossiya-Angliya munosabatlarida o`zgarish yuz berib, Buyuk Britaniya Rossiya bilan kelishshishga qaror qildi. Kelishuvga ko`ra Rossiya Markaziy Osiyo bilan cheklanib, Hindistonga chiqish niyatidan voz kechdi, Angliya esa Rossiyaning Markaziy Osiyoda olib borgan siyosatiga qarshilik qilmaydigan bo`ldi. Afg`oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning Osiyodagi mustamlakalari o`rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifatida e`tirof etildi. Yakkalanib qolgan Markaziy Osiyo xonliklarini faqat o`zaro ittifoqligi saqlab qolishi mumkin edi. Rossiya bosqini xavfi ham xonliklarni birlashtira olmadi, ular o`rtasida o`zaro ziddiyat kuchlili edi, natijada xonliklar Rossiya istilosi qurboni bo`ldi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin