Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


G‘. Abdurahmonov, D. Xo‘jayeva



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
G‘. Abdurahmonov, D. Xo‘jayeva Hоzirgi o‘zbek adabiy tili. -Toshkent-2003, 33-bet 
6
S.Muhamedova, M.Saparniyazova Matn lingvistikasi. -Toshkent-2011, 45-bet 


Matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar 
o‘zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo‘laklar, 
olmoshlar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, 
modal so‘zlar kabi turli leksik-grammatik birliklar kiradi. Tilshunos olim 
A.Mamajonov matn komponentlari o‘rtasida mustahkam sintaktik aloqa 
mavjudligini ta’kidlaydi va bu aloqaning o‘ziga хosligini ,,Tekst lingvistikasi” deb 
nomlangan risolasida quyidagicha izohlaydi: ,,Bizningcha, sintaktik aloqaning bu 
turi qo‘shma gap komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o‘хshab ketadi, faqat 
murakkabroq ko‘rinishda yuzaga chiqadi. Ma’lumki, qo‘shma gap komponentlari 
orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniqlash, izohlash 
kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo‘shma gapning uch 
turi: bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarda komponentlarni 
o‘zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalari: intonatsiya, bog‘lovchilar, bog‘lovchi 
vazifasidagi so‘zlar, gap bo‘laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so‘zlarning 
takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo‘laklar, kesimlarning zamon munosabati 
kabilar orqali reallashadi. Ko‘rinadiki, qo‘shma gaplarda sintaktik aloqa 
predikatsiyalar orasida o‘rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, 
superfrazali sintaktik butunliklar, abzatslar, qismlar, bo‘limlar, boblar o‘rtasida 
yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta’minlaydi”.
7
Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham 
bir-birini taqazo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik 
ahamiyatli bo‘lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim. Masalan: 1.Hovli yog‘ 
tushsa yalagudek top-toza bo’ldi. 2.Ahmad bugun ham darsga kelmadimi? 3.Har 
qanday chuqurlikdan ham yuksaklikka ko‘tarilish mumkin. 4.O‘qituvchining 
vazifasi o‘quvchilarga orzu ulashishdan, orzu qilishni o‘rgatishdan iborat bo‘lmog’i 
lozim. Yuqorida to‘rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy yaqinlik 
yo‘q. Quyidagi gaplar yig‘inida esa mazmuniy yaqinlik ko‘zga tashlanadi, lekin 
mazmun izchilligi yo‘q: 1. Qalamkashning So‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming 
kitobхonga yetib boradi. 2. Demak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan 
7

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin