Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Samarqand filiali ttkt fakulteti ax-23-08 guruh talabasi yunusov xumoyunning Akademik yozuv fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Samarqand filiali TTKT fakulteti AX-23-08 guruh talabasi YUNUSOV XUMOYUNning Akademik yozuv fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi
Mavzu: MATN QISMLARINI BOG’LOVCHI VOSITALAR
Reja:
Matn qismlarini bog’lovchi vositalar haqida.
Xiazmatik konstruksiyalar yordamida birikish.
Xulosa
Matn qismlarini bog’lovchi vositalar haqida
Matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar o‘zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo‘laklar, olmoshlar, xiazmatik konstruksiyalar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so‘zlar kabi turli leksik-grammatik birliklar kiradi.
Tilshunos olim A.Mamajonov matn komponentlari o‘rtasida mustahkam sintaktik aloqa majudligini ta’kidlaydi va bu aloqaning o‘ziga xosligini «Tekst lingvistikasi» deb nomlangan risolasida quyidagicha izohlaydi: «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo‘shma gap komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o‘xshab ketadi, faqat murakkabroq ko‘rinishda yuzaga chiqadi. Ma’lumki, qo‘shma gap komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniqlash, izohlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo‘shma gapning uch turi: bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarda komponentlarni o‘zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalari: intonatsiya, bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar, gap bo‘laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so‘zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo‘laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. Ko‘rinadiki, qo‘shma gaplarda
sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida o‘rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazali sintaktik butunliklar, abzatslar, qismlar, bo‘limlar, boblar o‘rtasida yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta’minlaydi».
Xiazmatik biriktirish
Xiazm asosan, ikkita gapdan tashkil topgan matn ko‘rinishlarida uchraydi. Xiazm «X» harfi shaklida namoyon bo‘luvchi uslubiy vositadir. Ikkinchi gap birinchi gap komponentlarining teskari tarzda joylashuvidir. Bunda yozuvchining asosiy maqsadi ikkinchi gapda berilgan bo‘ladi. Birinchi gap ikkinchi gapdan anglashiladigan ma’noni bo‘rttirib ifodalashga xizmat qiladi.
Xiazm poetik nutqda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Uslubiy-semantik vazifa. Bunda ikki komponent mazmuni o‘zaro zidlik kasb etadi yoki aksincha, bir-birini mantiqan to‘ldiradi.
Ekspressiv vazifa. Bunda o‘quvchi yoki tinglovchiga zavq bag‘ishlash, fikrni tez va uzoq vaqt esda saqlab qolishiga xizmat qilishi nazarda tutiladi.
Evfonik vazifa. Xiazmni yuzaga keltirayotgan bo‘laklar o‘zaro o‘rin va vazifa jihatidan almashinganda ohang ham shunga mos ravishda almashinib boradi.
Xulosa
Biz biron bir axborotni ulashishda gaplardan va ularning yig’indisi bo’lgan matnlardan foydalanamiz va o’z navbatida ularni sintaktik va mazmunan bog’laymiz, agarda biz ularni mazmunan yoki sintaktik bog’lashda xatoga yo’l qo’ysak, biz ulashayotgan axborotni tinglovchi to’laligicha tushunmasligi mumkin. Demak biz har ikkalasini ya’ni mazmunan va sintaktik bog’lashda ham xatolarga yo’l qo’ymasdan sodda va lo’nda qilib ma’lumotni yetkazsak, bu biz uchun ham, tinlovchi uchun ham yaxshi natija ko’rsatadi.