Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon 
qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mantiqiy grammatik 


munosabatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish 
belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va tinish belgilari) mansub 
bo‘lib, u qo‘shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid 
ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish 
belgilarning yozuvda qo‘llanishi o‘ziga xos tizimga ega. Bu tizim - tinish belgilar 
miqdori, qo‘yilish tartibi va qo‘llanish prinsiplari yig‘indisi punktuatsiyani vujudga 
keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) 
hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan 
turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish 
belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini ko‘rsatish, 
shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam 
berishdir. Hozirgi o‘zbek yozuvida tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, so‘roq belgisi, 
undov belgisi, vergul, qavs, tire, ko‘p nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo‘shtirnoq. 
Ularning aksariyati 19-asrning 2-yarmida ayrim gaz va toshbosma kitoblarning 
nashr etilishi bilan paydo bo‘lgan. 
8
Tinish belgilari o‘z vazifasiga ko‘ra, 2 ga bo‘linadi: a) chegaralovchi tinish 
belgilari - muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini 
bildirish, biron bir gap bo‘lagini intonatsion mazmuniy jihatdan ajratib ko‘rsatish, 
nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi 
(so‘zlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini 
ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi tinish belgilari qavs, qo‘shtirnoq, yagona qo‘shaloq 
belgi sifatida qo‘llanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi 
tinish belgilari - mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, 
bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning 
uyushgan bo‘laklarini, birgalik ergashishli qo‘shma gaplarni, gapning ifoda 
maqsadiga ko‘ra turlarini, nutqning bo‘linganligini ko‘rsatuvchi tinish belgilari
nuqta, so‘roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, ko‘p nuqta. 
8

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin